www.ziyouz.com kutubxonasi
63
gapirgan bo’lmasin, yana keladi», dedilar. Men Rasulullohning so’zlaridan uning tag’in
kelishini bilib, kutdim. U kelib, yana taomdan hovuchlab ola boshladi. Ushlab olib: «Seni
Rasululloh huzurlariga olib boraman», dedim. U yana: «Meni qo’yib yubor, bolalarim
ko’p, shunga juda muhtojman, boshqa qaytib kelmayman», deb aytdi. Rahmim kelib,
yana qo’yib yubordim. Tong otgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu
Hurayra, asiring nima qildi?» dedilar. Men: «Ehtiyoji juda qattiqligini va bolalari ko’pligini
aytgan edi, rahm qilib qo’yib yubordim», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Senga yolg’on gapiryotgan bo’lmasin, u yana qaytadi», dedilar. Uchinchi bora kuta
boshladim. U kelib, yana taomdan hovuchlab ola boshladi. Uni ushlab oldim va:
«Kelmayman, deysan-da, yana qaytib kelaverasan, bu oxirgisi, seni Rasulullohning
huzurlariga olib boraman», dedim. Shunda u: «Meni qo’yib yubor, agar qo’yib
yuborsang, senga bir nechta kalimalarni o’rgatib qo’yaman, u bilan Alloh senga naf
beradi», dedi. «Qaysi kalimalar?» deganimda, «To’shagingga yotsang, Oyatul kursiyni
o’qi, Allohning qo’riqchisi doim seni qo’riqlab turadi, tong otgunicha shayton senga
yaqinlasha olmaydi», dedi, so’ng men uni qo’yib yubordim. Tong otgach, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Kechagi asiring nima qildi?» deb so’radilar. Men: «Ey
Rasululloh, u Alloh foyda beradigan kalimalarni o’rgatuvdi, quyib yubordim», dedim.
Rasululloh: «Qaysi kalimalar ekan?» dedilar. Men: «Agar to’shagingga yotsang, Oyatul
kursiyni o’qi, Allohning qo’riqchisi doim seni qo’riqlab turadi, tong otgunicha shayton
senga yaqinlasha olmaydi», deb aytdi», dedim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «O’zi yolg’onchi bo’lsa ham, rost gapiribdi. Ey Abu Hurayra, uch kundan beri
sen bilan gaplashayotgan kishi kimligini bilasanmi?» dedilar. «Yo’q», dedim. «U shayton
edi», deb aytdilar Nabiy alayhissalom». Imom Buxoriy rivoyatlari
225/9. Hafsa onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
yotishni xohlasalar, o’ng qo’llarini chakkalarining tagiga qo’yib:
«Allohumma qiniy ‘azabaka yavma tab’asu ‘ibadak», deb uch marta aytar edilar.
(Ma’nosi: Allohim bandalaringni qayta tiriltiradigan kundagi azobingdan saqla.) Abu
Dovud rivoyatlari
226/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
to’shaklariga yotsalar:
«Allohumma robbas samavati va robbal arzi va robbal ‘arshil ‘aziym, robbana va robba
kulli shay`in. Faliqul habbi van nava munazzilut Tavroti val Injiyli val Qur’an. A’uzu bika
min sharri kulli ziy sharrin anta axizun binasiyatih, antal avvalu falaysa qoblaka shay`un
va antal axiru falaysa ba’daka shay`un va antazzohiru falaysa favqoka shay`un va antal
batinu falaysa dunaka shay`un iqzi ‘annad dayna vag’nina minal faqr», deb aytardilar.
(Ma’nosi: Allohim, Sen yeru osmonning va ulug’ arshning parvardigorisan. Ey Rabbimiz,
Sen hamma narsaning tarbiyakunandasisan, urug’, danaklarning yoruvchisisan. Tavrot,
Injil va Qur’onni tushirgan zotsan. (Bandalaringning) peshonasidan ushlashingga sabab
bo’luvchi yomonlikning har qanaqasidan Sening noming ila panoh tilayman. Ey Alloh,
Sen avvalsan, Sendan oldin biror narsa yo’q. Va Sen oxirsan, Sendan keyin biror narsa
yo’q. Sen zohirsan, Sening ustingda biror narsa yo’q. Sen botinsan, Sening pastingda
biror narsa yo’q. Ey Rabbim, qarzlarimni mendan yech, kambag’allikdan meni behojat
qil.) Muslim, Termiziy, Nasoiy, Ibn Mojalar rivoyati