Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
69
alayhi vasallam: «Uxlayotgan paytingda Allohning mukammal kalimalari bilan Uning
g’azabidan, bandalarning yomonidan, shayton hozir bo’lib vasvasa qilishidan panoh tila»,
dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
258/3. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Xolid ibn Valid (r.a.)
Rasulullohga
uyqusizlikdan shikoyat etganlarida, Rasulullohi alayhissalom: «Agar to’shagingga
yotsang:
«Allohumma robbas samavatis sab’i va ma azallat, va robbal arziyna va ma aqollat va
robbash shayatiyna va ma azallat, kun liy jaron min xolqika kullihim jamiy’an an yafruta
‘alayya ahadun minhum va an yabg’iya ‘alayya, ‘azza jaruka va
jalla sanauka va la ilaha
g’oyruka va la ilaha illa anta», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen yetti osmon va
uni soyalantiradigan narsalarning parvardigorisan, yer va u ko’tarib turgan narsalarning
parvardigorisan, shayton va u adashtirgan narsalarning parvardigorisan.
Menga biror
kishi zo’ravonlik qilib, haddan oshmasligi uchun hammasining ustidan o’zing menga
himoyachi bo’l. Sening himoyang aziz, sanoing oliy bo’ldi. Sendan boshqa iloh yo’q.
Faqat Sengina ilohdirsan.) Termiziy bu hadisni zaif deganlar.
Dostları ilə paylaş: