Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
70
262/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Birontangiz yomon tush ko’rsa, chap tomoniga uch marta tuflab,
shaytondan Allohning
nomi ila uch marta panoh tilasin. So’ng boshqa tomonga ag’darilib olsin», dedilar. Imom
Muslim rivoyatlari
263/4. Abu Hurayradan (r.a.) marfu’ holatda rivoyat qilingan hadisda u kishi aytganlar:
«Agar birontangiz yomon tush ko’rsa, hech kimga gapirmasin va turib namoz o’qisin».
Imom Termiziy rivoyatlari
264/5. Ibn Sunniyning rivoyatlarida Abu Hurayra (r.a.) bunday deganlar: «Agar
birortangiz o’zi yoqtirmagan tush ko’rsa, uch marta tuflab:
«Inniy a’uzu bika min ‘amalish shaytoni va sayyiatil ahlami», desa,
unga hech narsa
bo’lmaydi». (Ma’nosi: Men shaytonning amalidan va bulg’angan tushdan Sening isming
ila panoh tilayman.)
Dostları ilə paylaş: