66-bob. Tushini aytib bergan kishiga qilinadigan javob 265/1. Ibn Sunniyning kitoblarida rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga kim tush ko’rdim, desa:
«Xoyron roayta va xoyron yakun» (Yaxshisini ko’rding, yaxshi bo’ladi), derdilar. Boshqa
rivoyatda:
«Xoyron talqohu va sharron tavaqqohu, xoyron lana va sharron ‘ala a’daina, valhamdu
lillahi robbil ‘alamiyn» (Yaxshisiga yo’liqasan va yomonidan saqlanasan. Bu ko’rgan
tushing bizning foydamizga, dushmanlarimiz zararlariga bo’lsin. Olamlar rabbi Allohga
hamd bo’lsin), deb aytar edilar, deyilgan.
67-bob. Kechaning ikkinchi yarmida istig’for aytish va duo qilishga undash 266/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kechaning oxirgi uchdan biri qolganida Rabbimiz dunyo osmoniga tushib: «Kim Menga
duo qiladi, ijobat etaman, kim Mendan so’raydi, so’raganini beraman, kim Menga
istig’for aytadi, gunohlarini kechiraman», deydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
Imom Muslimning rivoyatlarida: «Kechaning uchdan biri o’tgan paytda Alloh taolo dunyo
osmoniga tushib: «Men podshohman, Men podshohman, kim Menga duo qilsa, ijobat
etaman, kim Mendan so’rasa, beraman, kim Menga istig’for aytsa, uni kechiraman»,
deydi. Mana shu holat tong otgunigacha, (boshqa bir rivoyatda: «kechaning yarmigacha
yoki uchdan ikkisi o’tguncha») davom etadi», deyilgan.
267/2. Amr ibn Abasadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Banda Rabbiga yaqin bo’ladigan payt kechaning ikkinchi yarmidir. Ana shu soatda
Allohni zikr qilishga qodir bo’lsang, zikr qil», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar
rivoyatlari
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
71
68-bob. Ijobat bo’ladigan soatlarga to’g’ri kelishini umid etib, kechaning