Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
79
QUR’ON TILOVAT QILISH KITOBI
70-bob. Qur’on tilovati
Qur’on o’qish zikrlarning afzalidir. Qiroatda tadabbur qilish – tushunib o’qish matlub ish
sanaladi. Qiroatning o’ziga xos odob va maqsadlari bor. Qori va qiroatning odoblari,
sifatlari va ularga taalluqli narsalar haqida bir kitob ham jamlagan edim.
Chunki hofizi
Qur’on uchun shunga o’xshash narsalar maxfiy qolishi mumkin emas. Men bu kitobda
esa maqsadga muvofig’ini qisqa holda keltiraman.
Fasl:
Qur’on o’quvchi kishi ertami-kechmi, musofirmi-muqimmi, uning tilovatini tark
qilmasligi, bardavom bo’lishi lozim. Salaf ulamolarimizning Qur’onni xatm qilish odatlari
turlicha edi. Ba’zilari
ikki oyda, ba’zilari har oyda, boshqalari har o’n kun, sakkiz kun
yoki yetti kunda Qur’onni xatm qilishardi. Ko’pchilikning odati shu edi. Olti, besh, to’rt
yoki uch kunda xatm qiluvchi ulamolar ham bor edi. Bundan tashqari har kecha va
kunduzi xatm qiluvchilar bo’lgan. Sayyid Jalil ibn Kotib as-Suvfiy kechasi to’rt marta,
kunduzi ham to’rt marta Qur’onni xatm qilardilar. Tobe’in Mansur ibn Zozon ibn Ibod esa
peshin bilan asr orasida xatm qilardilar. Ibn Abu Dovud rivoyatlarida keltirilishicha
Mujohid (r.a.) ramazonda Qur’onni shom namozi bilan xufton orasida xatm qilganlar.
Ammo Qur’onni bir rak’atda xatm qiladiganlar ko’pligidan ularni sanab adog’iga
yetib
bo’lmaydi. Masalan, ular Usmon ibn Affon, Tamiym ad-Doriy, Said ibn Jubayrlardir. Lekin
oldingi jamoalar Qur’onni bir kecha- kunduzda xatm qilishni makruh deb,
quyidagi
hadisni dalil qilib keltirishgan.
270/1. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kim Qur’oni karimni uch kundan oz fursatda xatm qilsa, ma’nolarini
anglamaydi», dedilar. Abu Dovud, Termiziy, Nasoiylar rivoyatlari
Ammo Qur’on o’qishni qachon boshlash va xatm qilish-tugatish vaqti qorini ixtiyoridadir.
Masalan, Usmon (r.a.) bir haftalik xatmlarida
juma kechasi boshlab, payshanba kechasi
tugatar edilar. Abu Homid Fazzoliy «Ihyou ulumiddin» kitoblarida: Xatmlarni afzali
kechasidagi xatm va kunduzidagi xatm. Kunduzgi xatm dushanba kuni bamdod
namozining ikki rak’atida yoki undan keyin tugatiladi. Kechasidagi xatm juma kuni shom
namozining ikki rak’atida yoki undan keyin tugatiladi deb aytganlar.
Shunda kunduzini
avvali va oxiriga yetishadi. Ibn Abu Dovud tobe’in Amr ibn Murradan qilgan
rivoyatlarida: «U Qur’onni kechaning avvalida yoki kunduzni avvalida xatm qilishni
yaxshi ko’rardilar», deydi. Tobe’inlardan Talha ibn Masraf aytadilar: «Kim Qur’onni
kunduzi xatm qilsa, farishtalar kech kirgungacha u kishiga salovot aytishadi. Va kechasi
xatm qilsa, tong otguncha salovot aytishadi».
271/2. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) aytadilar: «Qur’onni xatm qiluvchining xatmi
kechaning avvaliga to’g’ri kelsa, farishtalar tong otguncha unga salovot aytishadi. Agar
kechaning oxiriga to’g’ri kelsa, ertasi kunning kechqurunigacha salovot aytishadi».
Imom
Ahmad rivoyatlari
Fasl:
Qur’on qiroati uchun ixtiyor qilingan vaqtning eng yaxshisi namozda bo’lganidir.
Imom Shofe’iy va boshqalarning fikrlaricha, namozda qiyomni qiroat bilan uzun qilish
sajda va undan boshqa o’rinlarda uzoq turishdan afzalroqdir. Namozdan tashqaridagi
qiroat esa, kechasi bo’lgani yaxshiroq. Kechani ikkinchi yarmida bo’lgani esa, avvalida