Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
82
Fasl:
Qur’onni xushu’-xuzu’ va tadabbur bilan o’qish lozim. Mana shu talab qilingan 
narsadir. Shunda qalb yumshab, nurga to’ladi. Salaf ulamolari ichida tadabbur qilib bir 
oyatni kechasi bilan yoki ko’p qismida o’qib chiqqanlari bordir. Va yana Qur’on o’qib 
turib, hushdan ketganlari va vafot etganlari bor.
Qur’on o’quvchi Qur’on o’qiyotganida yig’lashi, agar yig’lay olmasa, o’zini yig’lashga 
majburlashi mustahabdir. Ana shundoq qilish oriflarning sifati va solih bandalarning 
shioridir. Bunga Alloh taoloning kitobida:
«Ular yig’lagan hollarida yuzlari bilan yiqilurlar va bu (Qur’on) ularning xushu’-
xokisorliklarini ziyoda qilur»
(Al-isro surasi, 109-oyat), degan dalil bor. 
Sayyid Ibrohim al-Xavvos (r.a.) aytadilar: «Qalbning davosi beshta narsada. Ular: 
tadabbur bilan Qur’on o’qish, qorinning bo’sh bo’lishi, kechasi qoim turish, sahar tongda 
tazarru’ qilish, solih kishilar bilan o’tirish».
Fasl:
Qur’on tilovat qiluvchining Qur’on kitobidan o’qishi yoddan o’qiganidan afzaldir. 
Salaf ulamolari shunday deyishgan. Ammo kimning tadabburi, fikrlashi, qalbini jamlashi 
Qur’ondan o’qiganidan ko’ra yoddan o’qiganida ziyodaroq bo’lsa, yoddan o’qigani 
afzaldir. Ikkalasi barobar bo’lsa, Qur’on kitobidan bo’lgani afzal.
Fasl:
Tilovatda ovozni baland qilishning, shu bilan birga ovozni chiqarmaslikning fazilati 
haqida ham ulamolarning so’zlari bor. Riyodan qo’rqqan kishi ovozini chiqarmasdan 
o’qigani afzaldir. Agar qo’rqmasa, baland ovoz bilan o’qigani yaxshi. Shu shart bilanki, 
atrofidagilar namoz o’qiyotgan, uxlayotgan bo’lmasligi kerak. Baland ovoz bilan 
o’qiganda boshqalarga ham foyda bor. Chunki qalbni uyg’otadi, butun vujudini fikrlashga 
chorlaydi, uyquni ketkazib, faollikni ziyoda qiladi.
Fasl:
Tilovat qilayotganda ovoz chiroyli qilinadi. Ammo juda cho’zib yuborilmaydi. Biror 
harf ziyoda qilinishi yoki tushirib qoldirilishi haromdir. Cho’zib o’qish, agar haddan 
oshmasa, zarari yo’q. Ovozni chiroyli qilish haqida mashhur hadislar bor. Biz bu yerda 
ozginasini zikr qildik, xolos.
Fasl:
Tilovat qiluvchi kishi suraning o’rtasidan boshlasa, bir-biriga bog’liq so’zlarning 
avvalidan boshlashi kerak. To’xtatganda ham bir-biriga bog’liq so’zlar bilan to’xtatadi. 
Boshlanishi, vaqf, juz’, hizb, o’ndan biri deb e’tibor qilmaydi. Shuning uchun ulamolar: 
«Bir suraning hammasini o’qishi uzun suradan bir miqdor o’qigandan afzal», deyishgan. 
Chunki ko’p holat va o’rinlarda bir-biriga bog’liq narsalar bilinmay qoladi.
Fasl:
Kishilarga taroveh namozini o’qib beruvchi ba’zi johillar, yettinchi kechada oxirgi 
rak’atda An’om surasini, bir yo’la nozil bo’lgan deb gumon qilib, hammasini o’qish 
mustahab amal, deb aytishadi. Bundan tashqari bu amallariga yana har turlik bo’lmagur 
dalillarni ham keltiradilar. Bu amallari bid’atning o’zginasidir.
Fasl:
Baqara, Oli Imron, Niso, Ankabut va boshqa suralarni o’z nomi ila zikr qilish lozim. 
Bu to’g’rida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir qancha hadislar kelgan. 
Shuningdek, Abu Amrning qiroatlari, Ibn Kasirning qiroatlari va bulardan boshqalarni 
qiroatlari deb aytishning ham karohiyati yo’qdir. Bu gaplarni keltirishimizdan maqsad 
ba’zi salaf olimlari bunday deyishni makruh deb aytishgan. Masalan, Ibrohim Naxaiy: 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin