www.ziyouz.com kutubxonasi
83
«Ular falonchining sunnati, falonchining qiroati, deb so’ylashni karih ko’rardilar», deb
aytganlar. Ammo, yuqorida aytganimizdek, bularning zarari yo’q.
282/13. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sizlardan birortangiz falon-falon oyatni unutdim, demasin. Balki unuttirildi, desin»,
dedilar.
Boshqa rivoyatda: «Sizlardan birortangizning falon-falon oyatni unutdim, deyishi
muncha ham yomon, balki unuttirildi, desin», deganlar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
283/14. Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir
kishi Qur’on o’qiyotganini eshitib: «Alloh uni rahm qilsin, men tushirib qoldirgan oyatni
menga eslatdi», dedilar.
Boshqa bir rivoyatda: «mendan unutilgan», deyilgan. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Fasl: «Qori va qiroat odoblari» haqida ma’lumotni bir nechta mujallad kitoblar ham
qamrab ololmaydi. Endi, kim Qur’on odoblari haqida ko’proq ma’lumot olishni xohlasa,
«At-tibyan fiy adabi hamalatil Qur’an» kitobiga murojaat qilsin.
284/15. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kecha
va kunduzda ellik oyat o’qigan odam g’ofillar qatorida yozilmaydi, yuz oyat o’qigan kishi
kechani ihyo qilib, Allohning ibodatida uzoq turuvchi, deb yoziladi, ikki yuz oyat o’qigan
kishi bilan Qur’on qiyomat kuni hujjat talashmaydi, besh yuz oyat o’qigan odamga esa,
bir necha qintor ajr yoziladi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Abu Hurayradan (r.a.) qilingan rivoyatda esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim o’nta oyat o’qisa, g’ofillar qatorida yozilmaydi», deganlar.
Bir kecha va kunduzda o’qilishi lozim bo’lgan suralar haqidagi ko’p hadislarni zikr qildik.
Ular Yosin, Taborak-Mulk, Voqe’a, Duxon suralaridir. Bu suralarni har kuni o’qib yurish
lozim.
285/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bir kecha va kunduzda Allohning roziligini talab qilib, Yosin surasini o’qisa, uning
gunohlari kechiriladi», dedilar.
Boshqa bir rivoyatda: «Kim kechasi Duxon surasini o’qisa, gunohlari kechirilgan holda
tong ottiradi», deyilgan.
Ibn Mas’uddan (r.a.) qilingan rivoyatda esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim
har kecha Voqe’a surasini o’qisa, unga kambag’allik yetmaydi», deganlar.
Jobirdan (r.a.) qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alif, lam, miym.
Tanziylul kitab...» va Taborak suralarini o’qimasdan uxlamaganlari aytilgan.
286/17. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim kechasi
«Iza zulzilatil arzu...» surasini o’qisa, Qur’onning yarmini o’qigandek bo’ladi. Kim «Qul
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
84
ya ayyuhal kafirun»ni o’qisa, Qur’onning to’rtdan birini o’qigandek bo’ladi. Kim «Qul
huvallohu ahad»ni o’qisa, Qur’onning uchdan birini o’qigandek bo’ladi», dedilar.
287/18. Boshqa bir rivoyatda: «Kim Oyatul kursiy va «Ha, miym»ning avvalini o’qisa,
shu kuni har qanday yomonlikdan saqlanibdi», deganlar.