Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
85
ALLOH TAOLOGA HAMD AYTISH KITOBI
71-bob. Alloh taologa hamd aytish
Alloh taolo aytadi: «Allohga hamd bo’lsin va Uning o’zi (payg’ambarlik uchun)
tanlagan bandalariga duoyu salomlar bo’lsin», deb ayting» (Naml surasi, 59-
oyat); «Ayting: «Allohga hamd bo’lsin. Yaqinda U sizlarga o’z oyat-
mo’’jizalarini ko’rsatur» (Naml surasi, 93-oyat); «Bola-chaqa qilmagan Allohga
hamd bo’lsin» (Isro surasi, 111-oyat); «Agar bergan ne’matlarimga shukr
qilsangizlar, albatta, sizlarga ziyoda qilaman» (Ibrohim surasi, 7-oyat); «Bas,
Meni eslanglar, Men ham sizlarni eslayman va Menga shukr qilinglar va Meni
inkor etmanglar!»
(Baqara surasi, 152-oyat).
Allohga hamd aytish va Unga shukr qilish to’g’risidagi oyatlar juda ko’pdir.
288/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Har bir muhim ish Allohga hamd aytish bilan boshlanmasa, oxiri kesikdir», dedilar. Abu
Dovud va Ibn Moja rivoyatlari
Boshqa bir rivoyatda: «Har bir muhim ish «Bismillahir rohmanir rohiym» bilan
boshlanmasa, u kesikdir», deyilgan.
Ulamolar: «Kitob
tasnif qiluvchi, dars oluvchi, dars beruvchi, xutba aytuvchi Allohga
hamd bilan boshlashlari mustahab», deydilar.
Bulardan
tashqari, yeb-ichgandan keyin, aksa urganda, ayolga sovchi qo’yganda, nikoh
o’qilayotganida,
hojatxonadan chiqayotganda, shuningdek, boshqa ishlarda ham Allohga
hamd aytish mustahabdir. Biz bularni, inshaalloh, o’rnida zikr qilamiz.
Fasl:
Duoning
xotimasida ham, boshlanishida ham Allohga hamd aytish mustahab
qilindi. Bunga dalil Alloh taoloning:
«Oxirgi istaklari Olamlar Rabbi Allohga hamd aytishdir»
(Yunus surasi, 10-oyat),
degan so’zidir. Biror ne’matga yetishganda yoki yomon ko’rgan narsasidan
uzoqlashganda, Allohga hamd ham aytish mustahabdir. Hamd aytishning eng yaxshi
iborasi «Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyn»dir.
289/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamga
Isro kechasida ikkita qadah keltirildi. Ularning birida sharob, ikkinchisida sut bor edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sutni oldilar. Shunda Jabroil (alayhissalom): «Sizni
fitratga hidoyat qilgan Allohga hamd bo’lsin. Agar sharobni olganingizda, ummatingiz
zalolatga ketar edi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari
290/3. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Agar birq kishining farzandi vafot etsa, Alloh taolo farishtalariga:
«Bandamning farzandini oldinglarmi?» deydi. Farishtalar: «Ha», deb javob berishadi.
Alloh: «Bandamning qalbining mevasini oldinglarmi?» deydi. Farishtalar yana: «Ha»,
deyishadi. Alloh taolo: «Bandam nima dedi?» deb so’raydi. Farishtalar: «Senga hamd va
istirjo’ (ya’ni, «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un», deb) aytdi», deyishadi.
Shunda Alloh
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Dostları ilə paylaş: