Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
88
298/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning
huzurida zikr qilinsam, menga salovot aytsin. Chunki
kim menga bir marta salovot
aytsa, Alloh unga o’nta salovot aytadi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
299/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning
huzurida zikr qilinsam-u,
menga salovot aytmasa, batahqiq, u badbaxt bo’libdi», dedilar.
Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar.
300/4. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishining
huzurida zikr qilinsam-u, menga salovot aytmasa, ana shu kishi baxildir», dedilar. Imom
Termiziy rivoyatlari
Ba’zi ahli
ilmlardan rivoyat qilinishicha, kishi majlisda bir marta Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamga salovot aytsa kifoya qiladi, deyilgan.
74-bob. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishning sifati
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qanday salovot aytilishi haqida «Namoz zikrlari»
kitobida aytib o’tdik. Ammo Ibn Abu Zayd Molikiy va u kabilar ana shu salovotga
«Varham Muhammadan va ola Muhammad» (Muhammadga va u zotning oilalariga rahm
qil), kabi asli yo’q, bid’at so’zlarni kiritishgan. Imom Abu Bakr Arabiy «Termiziyga
sharh» nomli kitoblarida Ibn Abu Zayd aytgan gap xatoligini va
unga amal qilish johillik
ekanini zikr etganlar. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam salovot qanday
aytilishini sahih hadislarida ko’rsatib qo’yganlar. Endi bunga ziyoda qilish Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamni kamchilikda ayblash bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: