Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
89
aytish joiz. Ammo anbiyolardan boshqalarga joiz emas. Masalan, Abu Bakrga «sollallohu
alayhi vasallam»,
deyilmaydi, balki u zotga «roziyallohu anhu», deyiladi. Chunki salaf
ulamolari salovot va salomni faqat anbiyolarga aytganlar. Shuningdek, «azza va jalla»
so’zi Alloh taologagina xosdir. Hech qachon payg’ambarimiz Muhammad
alayhissalomga
«azza va jalla» deb aytilmaydi, garchi u zot aziz va ulug’ bo’lsalar ham. Shuning singari
Abu Bakr yoki Aliga «sollallohu alayhi vasallam» deyilmaydi. Garchi ma’nosi to’g’ri
kelsa
ham. Ammo anbiyolarga salovot aytganda oilalari, ashoblari, zurriyotlari va atbo’larini
qo’shib aytish joiz.
Fasl:
Sahobalar, tobe’inlar, ulardan keyingi ulamo va obidlarning ismlariga «roziyallohu
anhu» yoki «rohimahulloh»ga o’xshash duolar aytiladi. Lekin ba’zilar, «roziyallohu
anhu»ni
sahobalarga xos, boshqalarga «rohimahulloh» deb aytiladi, deyishadi. Ammo
avval aytganimiz sahihroqdir.
Dostları ilə paylaş: