Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
90
rak’atda «Qul ya ayyuhal kafirun»ni, ikkinchi rak’atda esa «Qul huvallohu ahad»ni
o’qiydi. Duoni yuqorida
zikr qilganimiz bilan boshlab, Allohga hamd va Rasulullohga
salovot va salom aytish bilan yakunlaydi. Hadisi sharifda zikr qilinganidek, istixorani har
bir ishda qilish mustahabdir. Agar istixora qilgandan keyin
qalbi qaysi tomonga moyil
bo’lsa, o’shani bajaraveradi.
304/2. Abu Bakr (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ish qilishni
xohlasalar:
«Allohumma xir liy vaxtar liy», deb aytardilar».
(Ma’nosi: Allohim, menga yaxshilik ixtiyor qil) Termiziy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar.
305/3. Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey
Anas, agar biror ishni qasd qilsang, Rabbingga yetti marta istixora qil, so’ngra qalbingga
yaqiniga qara, yaxshilik ana shundadir», dedilar». Ibn Sunniy g’arib
sanad bilan rivoyat
qilganlar.
Dostları ilə paylaş: