Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
92
«Huvalloh, Allohu robbiy la shariyka lah», deb aytardilar. (Ma’nosi: U Allohdir.
Alloh
mening rabbimdir. Uning sherigi yo’qdir.)
Ibn Sunniy rivoyatlari
316/2. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam biror narsadan qo’rqqan kishilarga:
«A’uzu bikalimatillahit tammah min g’ozobihi va sharri ‘ibadihi va min hamazatish
shayatiyni va an yahzuruni», deb aytishni o’rgatar edilar. (Ma’nosi:
Allohning mukammal
kalimalari bilan g’azabidan va bandalarining yomonligidan va shayton vasvasa qilib,
mening yonimda hozir bo’lishidan panoh tilayman.) Abu Dovud va Termiziylar rivoyati
80-bob. g‘am yoki tashvish yetganida aytiladigan zikrlar
317/1. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallam: «Kimga g’am-tashvish yetsa, ushbu kalimalar bilan duo qilsin, deganlarida, bir
kishi: «Ey Rasululloh mana shu kalimalardan bebahra qolgan kishi xasoratdami» dedi,
Rasululloh: «Ha», deb javob berdilar. So’ngra , «Bu kalimalarni o’zinglar aytib,
boshqalarga ham o’rgatinglar. Kim bir narsa talabida ana shu kalimalarni aytsa, Alloh
undan xafalikni ketkazib, xursandchiligini ziyoda qiladi», deb o’sha kalimalarni aytdilar:
«Ana ‘abduka, ibnu ‘abdika, ibnu amatika fi qobzotik, nasiyatiy biyadik, mazin fiyya
hukmuk, ‘adlun fiyya qozouk, as`aluka bikulli ismin huva laka
sammayta bihi nafsaka av
anzaltahu fi kitabika av ‘allamtahu ahadan min xolqika av ista`sarta bihi fiy ‘ilmil g’oybi
‘indaka an taj’alal Qur’ana nuro sodriy va robiy’a qolbiy va jilaa huzniy va zahaba
hammiy». (Ma’nosi: Men Sening qulingman, qulingning o’g’liman, cho’ringning
zurriyotiman. Kokilim Sening qo’lingda. Hukming mening ustimda joriydir. Sening
hukming odildir. O’zingni nomlagan yoki kitobingda nozil qilgan
yoki xalqingdan biror
kishiga o’rgatgan yoki g’ayb ilmingda saqlab qo’ygan ismlaring ila so’raymanki, Qur’onni
dilimning nuri, qalbimning bahori, mahzunligimni arituvchi va g’amimni ketkizuvchi qil.)
Ibn Sunniy rivoyatlari
Dostları ilə paylaş: