Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
93
agar biror qavmdan xavfsirasalar:
«Allohumma inna naj’aluka fiy nuhurihim va na’uzu bika min shururihim», deb
aytardilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, biz Seni ularga ro’para qo’yamiz
va Sening noming ila
ularning yomonligidan panoh tilaymiz.) Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari
83-bob. Sultondan qo’rqqanda aytiladigan duo
320/1. Ibn Umar (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Agar
sultondan yoki boshqa kishidan qo’rqsang:
«La ilaha illallohul haliymul hakiym. Subhanallohi robbis samavatis sab’i va robbil ‘arshil
‘aziym, la ilaha illa anta ‘azza jaruka va jalla sanauka», deb ayt», dedilar». (Ma’nosi:
Hakim va halim sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q. Yetti osmon va ulug’
arshning rabbi
Alloh pokdir. Sendan boshqa iloh yo’q. Himoyang aziz bo’ldi. Sanoing ulug’ bo’ldi.) Ibn
Sunniy rivoyatlari
(Yuqorida keltirilgan Abu Musodan rivoyat qilingan duoni aytsa ham,
joiz va
mustahabdir.)
84-bob. Dushmanga qaraganda aytiladigan duo
321/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dushmanga
yo’liqqanlarida:
«Ya malika yavmiddin iyyaka a’budu va iyyaka asta’iyn»,
deb aytganlarida, kishilarni
yerga yotqizib, farishtalar oldidan va orqasidan urayotganini ko’rdim» (Ma’nosi: Ey
qiyomat
kunining Podshohi, Sengagina ibodat qilaman, Sendangina yordam so’rayman.)
Ibn Sunniy rivoyatlari
Dostları ilə paylaş: