Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
94
Rasululloh, namozda nimadir deganingizni eshitdik, uni oldin eshitmagan edik va
qo’lingizni yozganingizni ko’rdik, uni oldin ko’rmagan edik», dedik. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Allohning dushmani iblis bir parcha o’t bilan yuzimga urish uchun
keldi. «A’uzu billahi minka» (Allohning nomi ila sendan panoh tilayman), deb uch marta
aytdim, so’ng «Al’anuka bila’natillahi at-tommati» (Allohning mukammal la’natlari bilan
la’natlayman), dedim, ammo «uch marta» so’zi orqada qoldi. Shunda men uni olish
uchun qo’limni yozdim. Allohga qasamki, agar birodarim Sulaymonning duolari
bo’lmaganda, u mahkam bog’lanar va Madina bolalari uni ermak qilib o’ynab yurar edi»,
dedilar». Imom Muslim rivoyatlari
323/2. Suhayl ibn Abu Solih (r.a.) aytadilar: «Otam meni Bani Horisaga yubordilar. Men
bilan birga bir do’stim ham bor edi. Devor ortidan do’stimni bir kishi chaqirdi. Do’stim
devor yoniga bordi, ammo hech kimni topolmadi. Bu hodisani otamga zikr qilgan edim,
otam: «Agar shundoq bo’lishini bilganimda, seni yubormas edim. Lekin bundan keyin
biror ovoz eshitsang, namozga azon ayt. Chunki men Abu Hurayraning (r.a.) Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamdan: «Agar namozga azon aytilsa, shayton orqa o’girib
ketadi», degan hadisni rivoyat qilganlarini eshitganman», dedilar». Imom Muslim
rivoyatlari
Dostları ilə paylaş: