89-bob. Ofatni daf qilish uchun aytiladigan duo 328/1. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh taolo bir bandaga ahli ayoli, moli va farzandida bir ne’mat bersa va u:
«Ma sha`allohu la quvvata illa billahi» deb aytsa, shu ne’matlarda o’limdan boshqa ofat
ko’rmaydi», dedilar. (Ma’nosi: Allohning xohlagani bo’ladi. Allohdan boshqada quvvat
yo’q.) Ibn Sunniy rivoyatlari
90-bob. Katta-kichik musibat yetganida aytiladigan duo Alloh taolo Baqara surasining 155 - 156-oyatlarida:
«Biror musibat yetsa: «Albatta, biz Allohning (bandalarimiz) va albatta, biz U zotga qaytguvchilarmiz», deydigan sobirlarga xushxabar bering. Ana o’shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot (mag’firat) va rahmat bordir. Ana o’shalar haq yo’lni topguvchilardir», deb aytgan.
329/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Har bir narsada istirjo’ (ya’ni, «inna lillahi va inna ilayhi roji’un», deb) ayting, hatto
oyoq kiyimingizning ipi (uzilgani) uchun ham, chunki u ham musibatdir», dedilar». Ibn
Sunniy rivoyatlari
91-bob. Qarzini to’lashga qurbi yetmaganida aytiladigan duo 330/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir qul ozod bo’lish uchun shartlashilgan bahodagi
mablag’ni topolmay, Hazrati Alidan (r.a.) yordam so’radi. Shunda u zot: «Senga
Rasululloh o’rgatgan kalimalarni o’rgataymi? Agar
«Allohumma akfiniy bihalalika ‘an haromika va ag’niniy bifazlika ‘amman sivaka» duosini
o’qib yursang, qarzing tog’ning bir taraficha bo’lsa ham, xalos bo’lasan», dedilar.
(Ma’nosi: Ey Rabbim, harom (aralashtirmay) haloling bilan menga kifoya et. Fazling ila
o’zingdan boshqalardan behojat qil.) Imom Termiziy rivoyatlari