www.ziyouz.com kutubxonasi
98
bermasanglar, uni aytmayman», dedi. Ular bir to’da qo’y berishga kelishib olishdi.
Shunda u sahoba «Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyn»ni (ya’ni, Fotiha surasini) o’qib sufladi.
Oqsoqol go’yo arqondan chiqqandek harakatga keldi. Unda biror og’riq qolmay yurib
ketdi. Keyin ular kelishilgan narsani berishdi. Sahobalar: «Uni taqsimlanglar», deyishgan
edi, dam solgan kishi: «Rasulullohdan bu to’g’rida so’rab, bizga biror narsani
buyurmagunlaricha taqsimlamanglar», dedi. Sahobalar Rasululloh huzurlariga borib, bu
voqeani aytib berishdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sen uning (Fotiha surasining)
shifo ekanini qaerdan bilding? - dedilar, so’ngra, to’g’ri qilibsizlar, ularni taqsimlanglar.
Menga ham ulush ajratinglar», deb kulib qo’ydilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim
rivoyatlari
Boshqa rivoyatda esa: «Fotihani o’qib, suflab qo’ydi. So’ng haligi kishi tuzalib ketdi»,
deyiladi.
338/2. Abdurahmon ibn Abu Laylodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Mening inim kasal», dedi. Rasululloh:
«Uning kasali nima?» deb so’radilar. U kishi: «Bir oz jununligi bor», dedi. Nabiy: «Uni
menga olib kel», dedilar. U kishini olib kelishdi. Nabiy bemorni oldilariga o’tqizib, unga
Fotiha surasini, Baqaraning avvalgi to’rt oyatini va o’rtadagi ikki oyatini (ya’ni, 163-164-
oyatlarini), Oyatul kursiyni, yana Baqaraning oxirgi uch oyatini, Oli Imronning ilk va 18-
oyatini, A’rofning 54-oyatini, Mo’minunning 116-oyatini, Jin surasining 3-oyatini, Soffat
surasining avvalgi o’n oyatini, Hashrning oxirgi uch oyatini, «Qul huvallohu ahad»ni,
«Qul a’uzu birobbil falaq»ni, «Qul a’uzu birobbin nas»ni o’qidilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
339/3. Xorija ibn Salt amakilaridan rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam huzurlariga bordim va musulmon bo’ldim. Qaytishda bir qavmning yonidan
o’tib ketayotganimda, ularning oldida bir jinni odamni ko’rdim. U zanjir bilan bog’langan
edi. Shunda uning ahli: «Biz eshitdikki, sizning do’stingiz yaxshi narsa keltirgan emish
(ya’ni, Rasulullohning risolatlarini nazarda tutyapti). Senda davolaydigan biror narsa
bormi?» deb so’rashdi. Men Fotiha surasini o’qib dam soldim. Ular menga yuzta qo’y
berishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga borib, buning xabarini berdim.
Rasululloh: «Bundan boshqasini ham aytdingmi?» dedilar. Men: «Yo’q», dedim. «Uni ol,
umrim haqqi, kimdir botil bilan dam solib rizqlanadi. Sen xaq bilan dam solib, uning
orqasidan rizqlanding», dedilar». Abu Dovud rivoyatlari
340/4. Xorija (r.a.) amakilaridan rivoyat qiladilar: «Rasululloh huzurlaridan kelaturib,
arab mahallalaridan biriga yetganimizda: «Sizlarda davo (bo’ladigan biror narsa)
bormi?» deyishdi. Ular mahkam qilib bog’langan, esi ketib qolgan kishini olib kelishdi.
Men unga uch kun ertalab va kechqurun Fotiha surasini o’qib suflab qo’ydim. Uning
kasali tuzaldi. Buning evaziga menga narsa berishdi. Men olmay turib oldim. «Undoq
bo’lsa, Rasulullohdan so’ra», deyishdi. Rasululloh alayhissalomdan so’ragan edim, u zot:
«Umrim haqqi, kimdir botil bilan yeydi. Sen esa, haq bilan yeding», dedilar». Abu Dovud
va Ibn Sunniy rivoyatlar
341/5. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) dardga chalingan bir kishining qulog’iga nimanidir
o’qidilar. U sog’ayib ketdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uning
qulog’iga nima deb aytding?» deganlarida, «Mo’minun» surasining 115-oyatidan to
oxirigacha o’qiganlarining xabarini berdilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi