98-bob. Kasalning ahvolini uning ahli va qarindoshlaridan so’rash hamda so’ralgan kishining javobi to’g’risida 345/1. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’lim
to’shagida yotgan edilar. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) u zotning huzurlaridan chiqqanlarida,
odamlar: «Ey Abul Hasan, Rasulullohning ahvollari qanday?» deb so’rashdi. Shunda Ali
(r.a.): «Alhamdu lillah, shifo topgan holda tong ottirdilar», dedilar». Imom Buxoriy
rivoyatlari
99-bob. Kasal aytadigan, uning huzurida aytiladigan va o’qiladigan zikrlar haqida 346/1. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to’shaklariga
yotishda ikki kaftlarini jamlab, so’ng unga suflar va: «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu
birobbil falaq», «Qul a’uzu birobbin nas» suralarini o’qir, ikki kaftlari bilan qodir
bo’lganlaricha tanalariga surtar edilar. Surtishni boshlari, yuzlari va tanalarining old
tomonidan boshlardilar. Uch marta shunday qilardilar. Shikoyat qilsam, menga ham ana
shunday qilishni buyurar edilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Boshqa bir sahih rivoyatda: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’lim to’shagida
yotganlaridagi kasalliklarida ham ikkita «Qul a’uzu»ni o’qib, o’zlariga dam solardilar»,
deyiladi.
Oisha (r.a.): «Rasulullohning ahvollari og’irlashganida, ana shularni qo’llariga o’qib
suflab, barakali bo’lgani o’z qo’llarini o’zlariga surtar edim», deydilar.
347/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birov bir
narsadan – chaqami, jarohatmi – shikoyat qiladigan bo’lsa, ko’rsatgich barmoqlarini
yerga qo’yib, so’ngra ko’tarib, quyidagi duoni o’qir edilar:
«Bismillahi turbatu arzina biriyqoti ba’zina yushfa bihi saqiymuna biizni robbina».
(Ma’nosi: Allohning ismi bilan, yerlarimizning tuprog’i bilan, ba’zilarimizning tupugi bilan
Rabbimizning izni ila kasallarimiz shifo topadi.) Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va
boshqalar rivoyat qilishgan.
348/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ahllaridan
ba’zilariga o’ng qo’llarini surtib, panoh tilab, quyidagi duoni o’qirdilar:
«Allohumma robban nasi azhibil ba`sa ishfi anta shafiy la shifaa illa shifauka shifaan la
yug’odiru saqoma». (Ma’nosi: Allohim, Sen insonlarning rabbisan, qiyinchiliklarni ketkaz,