*zbekiston respublikasi


 Shaxs irodasini o’rganish testi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/47
tarix15.10.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#130247
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
zbekiston respublikasi

4. Shaxs irodasini o’rganish testi 
Ijtimoiy-ruhiy eshtiyojga asoslangan holda mamlakatimiz yoshlarini komil 
inson qilib kamol toptirish uchun ularni o’zini o’zi uddalashga o’rgatishdan ish 
boshlamoq zarur. Shaxsning o’z faoliyatini va xulq-atvorini shaxsiy xoshish 
irodasiga bo’ysundirish, ro’yobga chiqarish mustaqil fikrlashni barqarorlashtiradi, 
ko’zlangan maqsadni amalga oshirishga puxta zamin shozirlaydi, har xil 
xususiyatli qiyinchiliklar oldida matonat, sabr-toqat tuyg’ularini namoyish etishga 
chorlaydi. Buning natijasida mustashkam irodali, prinsipal, qat'iyatli, uzoqni 
ko’zlovchi, teran fikrlovchi, aql-zakovatli, vatan tuyg’usi bilan yonuvchi shaqiqiy 
milliy vatanparvar yoshlarni ijtimoiy shayotida, ta'lim-tarbiya jarayonida 
shakllantiradi.
Insonga tug’ilishdan beriladigan tabiiy mayllardan, aqliy va axloqiy 
imkoniyatlardan unumli foydalanmasdan turib, yuksak ma'naviyatli, farosatli, 
ijodiy izlanuvchan shaxslarni voyaga yetkazib bo’lmaydi. Xuddi shu boisdan, 
insonning bolaligidan tortib to ijtimoiylashuviga qadar davr oralig’ida o’zini o’zi 
boshqarish usullari, vositalari bilan tanishtirish qat'iyatlilikni vujudga keltiradi.
Odatda iroda inson tomonidan o’z xulqi va faoliyatini ongli ravishda 
boshqarish sifatida basholanadi, maqsadga yo’naltirilgan xatti-harakat va xulq-
atvorning amalga oshishida tashqi, ichki qiyinchiliklarni yengib o’tish tariqasida 
ta'riflanadi.
Yoshlarning irodasi, eng avvalo shaxsning ijtimoiy faolligida, mehnat 
faoliyatida, ijtimoiy tajribasida va ta'lim jarayonida namoyon bo’ladi. 
Mazkur faollikdan uning mazmunini va shaklan tuzilishini farqlash mutlaqo 
zarur. Shaxs faolligining mazmundor tomoni- uning ijtimoiy xislatlarida o’z 
ifodasini topadi, chunki bunda ijtimoiy ko’rsatma (attityud), e'tiqodlar, ma'naviy 
shis-tuyg’ular, qiziqishlar dominantlik xususiyatini kasb etadi. Shaxs faolligining 
shakli faoliyatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ruhiy jarayonlar, ichki, tashqi 
va anglashilgan irodaviy xatti-harakat, intilish namoyon bo’lishi orqali aniqlanadi. 
Shaxs uchun qiyin haroitlarda o’zini o’zi ongli ravishda boshqara olish imkoniyati 
irodaviy zo’r berishning yordami bilan yuzaga keladi va belgilangan muayyan aniq 
maqsad, reja hamda uni ro’yobga chiqaruvchi xatti-harakatlar ularning ijrosiga 
yo’naltiriladi. 
Barkamol avlod shaxsining psixologik xususiyatlari markaziy rolining 
motivasiya doirasi bajaradi va u eshtiyojlar, qiziqishlar, e'tiqodlar va ma'naviy shis-
tuyg’ularda o’z aksini topadi. Shaxslarning shayoti va faoliyatida, shuningdek, 
ijtimoiy tarbiyasiga asta-sekin ustuvor va barqaror motivlar vujudga kela 
boshlaydi, ular inson ijtimoiy hartlangan yo’nalganligi va shayotiy pozisiyasini 
qat'iy belgilash uchun xizmat qiladi.


Aksariyat shollarda inson shaxsining ijtimoiy hartlangan xususiyatlari uning 
irodaviy faolligi yo’nalishini gavdalantiradi. Ijtimoiy yo’nalganlik shaxsning 
motivasion-irodaviy xislati shisoblanmish sobitqadamlikda o’z ifodasini topadi. 
Inson shaxsining irodaviy jarayonlari, holatlari, xislatlari faoliyatning motivlari va 
maqsadini amalga oshirishning o’ziga xos usuli sifatida yuzaga keladi. Aqliy 
faoliyatda irodaviy jarayonlar irodaviy xatti-harakatlar kechishining aynan ichida, 
ya'ni maqsad belgilashdan tortib to uning bajarilishigacha oraliqda ko’zga 
tashlanadi. Ongli xulq-atvorda, ixtiyoriy diqqatda, eslab qolishda, esga tushirishda, 
tafakkurda, xayolda ifodalanadi, murakkab muammolarni yechish, irodaviy zo’r 
berishni safarbar etish uchun mutlaqo zarur, chunki busiz mehnat va o’quv 
faoliyatida shech qanday natijaga erishish mumkin emas. Ularning o’zaro 
uyg’unlashuvi samaralar keltirish majmuasi sifatida ikkiyoqlama xususiyat kasb 
etadi. Mehnat faoliyatidagi va ta'lim jarayonidagi irodaviy holatlar-bu vujudga 
kelgan qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etishning usullari, inson shaxsining 
omilkor, oqil ichki haroitlarining muvaqqat ruhiy hodisasidir. Ularning qatoriga bir 
talay shayotiy hart-haroitlar ta'siri ostida vujudga keluvchi optimizm va umumiy 
faollik, qiziquvchanlik, motivasion, mobilizasion tayyorgarlik, qat'iyatlilik 
xususiyatlari kiradi.
Mehnat va stress-emosional zo’riqishning keskin holati ko’rinishi, shakli 
shisoblanib, tashqi va ichki mushitning noxush omillarini shaxsga favqulodda ta'sir 
etish natijasida vujudga keladi. Ta'limiy hamkorlik (o’qituvchi bilan talaba hamda 
talabalarning o’zaro) faoliyatidagi frustrasiya-bilish faoliyatini tashkillashtirishning 
tubdan teskari tomonga yo’naltiruvchi ruhiy holatdir. Shaxs uzluksiz paydo 
bo’luvchi va bartaraf qilish qiyin to’siqlarning ta'siri ostida ruhan tushkunlik
o’zini yo’qotib qo’yish, ko’pincha eksperimentga, vaziyatga nisbatan agressiv 
(tajovus) reaksiyalar (javob xatti-harakatlari) yuzaga kelishi kuzatiladi. 
Inson shaxsining irodaviy xislatlari- bu, mehnat faoliyatidagi, ta'lim 
jarayonidagi muvaqqat ruhiy holat emas, balki aksincha mazkur vaziyatga shech 
qanday bog’liq bo’lmagan odam turg’un, barqaror ruhiy tuzilmasidir. Uning 
irodaviy sifatlariga sobitqadamlik, tashabbuskorlik, qat'iyatlilik, mustaqillik, 
tashkillashganlik, ishbilarmonlik, o’zini qo’lga olish, jasurlik, chidamlilik va 
boshqalar kiradi. Shaxs irodasining bo’shligi, zaifligi qaysarlik, sabotsizlik, 
yalqovlik, qo’rqoqlik, prinsipsizlik, betashabbuslik, erinchoqlik, loqaydlik singari 
tushunchalar orqali tavsiflanadi.
Bilimlarni va mehnat ko’nikmalarini egallashdagi sobitqadamlik-bosh 
irodaviy sifat shisoblanib, u irodaviy boshqa ko’rinishlarning taraqqiyot darajasini 
va yo’nalishini aniqlovchi asosiy omil bo’lib sanaladi. Mustaqil va kelajagi buyuk 
davlat ideallariga sodiqlik, Vatan oldidagi burchning yuksak darajada anglashi
jamoatchilik shissi, yurt ravnaqiga o’z hissasini qo’shish istagi va bularning 
barchasi o’zbek xalqiga xos bo’lgan sobitqadamlilik namunasidir.
Ta'lim-tarbiya jarayonidagi va mehnat faoliyatidagi tashabbuskorlik-shaxs 
o’z xoshish irodasiga binoan zarur xatti-harakatlarni amalga oshirish uquvidir. 
Mustaqil bilim olish va fikrlashdagi mehnat faoliyatidagi qat'iyatlilik- shaxs 
tomonidan jiddiy va puxta mulohaza yuritib qaror qabul qilish, uni izchil ravishda 
shayotga tatbiq etish xislatidir. Tirishqoqlik shaxs qiyinchiliklarni yengish uchun 


kurashishda kuch-quvvatini aslo pasaytirmasdan, uzluksiz va uzoq muddat 
maqsadga erishish uchun intilish ko’nikmasidir.
Muammolarni yechish chog’ida chidamlilik-shaxs tomonidan qabul qilingan 
qarorni amalga oshirishga shalal beruvchi fikrni, shissiyot va xatti-harakatni 
tizginlovchi (tormozlovchi) inson uquvchanligidir. Tashkillanganlik-o’z harakati 
va xulqini rejalashtirish, xususan uni ijro etishda shaxsni rejaga asoslanish 
malakasidir. Matonatlilik-qo’yilgan maqsadni muqaddas shis etgan holda o’zini 
oqlaydigan xavf-xatarga qo’l urish, qo’rqinchga nisbatan yuzma-yuz tura olish 
fazilatidir.
Ishbilarmonlik-har qanday o’ylanilgan ishni qiyinchiliklar va qarshiliklardan 
qat'i nazar omilkor yo’llar qo’llash tufayli oxiriga yetkazish xislatidir. Mustaqillik- 
o’z e'tiqodiga qat'iy ishonch, shaxsiy kuch-quvvatiga ishonish, boshqalarning 
yordamiga mushtojlik sezmaslik malakasidir.
Shaxsning xulq-atvorida, mehnat va o’quv faoliyatida, agarda ishlab 
chiqarish va ta'limiy mashg’ulotlar oqilona, shaqqoniy ravishda, to’g’ri 
uyushtirilsa, unchali muhim bo’lmagan irodaviy sifatlar ham paydo bo’lishi 
mumkin, chunonchi intizomlilik, o’zini qo’lga olishlik va hokazo.
Ushbu ruhiy holatni aniqlash uchun maxsus ishlab chiqilgan testdan 
foydalanish mumkin. Tavsiya qilinayotgan fikrlarga shaxs "Sha" yoki "YO’Q" 
degan javob qaytarish kerak.
1. 
Shayotdagi muvaffaqiyat tasodiflariga ko’ra oldindan qilingan shisob-
kitoblarga ko’proq bog’liq bo’ladi deb o’ylayman.
2. 
Agar o’zimning sevimli mashg’ulotlarimdan ayrilsam, unda men 
uchun shayotning mazmuni yo’qoladi.
3. 
Men uchun har qanday ishning oqibati, natijasidan ko’ra, uning 
bajarilish jarayoni muhim.
4. 
Men odamlarning o’z yaqinlari bilan bo’lgan munosabatlarining 
yaxshi emasligidan ko’ra, ishdagi muvaffaqiyatsizlikdan ko’proq qayg’uradilar deb 
shisoblayman.
5. 
Mening fikrimcha, ko’pchilik odamlar yaqin kelajakka mo’ljallangan 
maqsad bilan emas, balki uzoqqa mo’ljallangan
maqsad bilan yashaydilar.
6. 
Agar imkoniyat bo’lsa-da, lekin shech kim sezmasligiga ishonchim 
komil bo’lsa ham nojo’ya harakat qila olmayman.
7. 
Mening shayotimda muvaffaqiyatsizliklardan ko’ra muvaffaqiyatli 
kunlar ko’p bo’lgan.
8. 
Menga amaliy, ishchan, ishbilarmon odamlardan ko’ra shis-tuyg’uli, 
ko’ngilchan inson ko’proq yoqadi.
9. 
Shatto 
oddiy 
ishda 
ham 
men 
uning 
ba'zi 
elementlarini 
takomillashtirishga harakat qilaman.
10. 
Muvaffaqiyatga erishish shaqidagi fikrlarga berilib ketgan vaqtlarimda 
eshtiyotkorlik choralarini unutib qo’yishim mumkin.
11. 
Yoshligimda ota-onam meni dangasa deb shisoblar edi.
12. 
Men o’zimning muvaffaqiyatsizliklarimga haroit emas, balki ko’proq 
o’zimni aybdor deb shisoblayman.


13. 
Ota-onam meni qattiq nazorat qilishgan.
14. 
Menda qobiliyatga nisbatan sabr-toqat kuchli.
15. 
o’z maqsadlarimdan qaytishga muvaffaqiyatga erisha olmasligim 
shaqidagi fikr emas, balki dangasalik sabab bo’ladi.
16. 
Men o’zimni o’zimga ishongan odamman deb shisoblayman.
17. 
Muvaffaqiyatga erishish uchun garchi imkoniyatlar mening foydamga 
bo’lmasa ham tavakkal qilishim mumkin.
18. 
Men tirishqoq odam emasman.
19. 
Hamma ishlar tekis (me'yorida) ketayotgan bo’lsa, unda mening 
g’ayratim yanada oshadi.
20. 
Agar men gazetada ishlaganimda edi, unda turli voqealar shaqida 
yozishdan ko’ra, ko’proq odamlar yaratgan yangiliklarni yozgan bo’lar edim.
21. 
Mening yaqinlarim odatda shaxsiy rejalarim bilan hamfikr 
bo’lmaydilar.
22. 
Mendagi 
shayotga 
nisbatan 
bo’lgan talablarimning darajasi 
o’rtoqlarimning shunday talablaridan pastroq.
23. 
Men o’z maqsadlarimga erishish yo’lida qat'iyman.
Test kaliti. "Sha"-1, 2, 6, 7, 8, 9, 15, 17, 19, 20, 22, 23. "YO’Q"- 3, 4, 5, 10, 
11, 12, 13, 14, 16, 18, 21.
Natijalarning miqdoriy tashlili. Ballar yig’indisi 0-9 dan past bo’lganda-
Sizning faoliyatingizda muvaffaqiyatga eshtiyoj yaqqol ko’rinmaydi. 10-13 
ballgacha: Sizda muvaffaqiyatga intilish bor, lekin shayotda faoliyatingizni tashkil 
qilishda har doim ham muvaffaqiyatga eshtiyoj sezavermaysiz.
14-23 ballgacha: Sizning faoliyatingizda muvaffaqiyatga eshtiyoj yuqori 
darajada, har doim muvaffaqiyat bo’lishiga ishonasiz, qat'iysiz u yoki bu darajada 
murakkab, lekin bajarilishi mumkin ishlarni qilishni yoqtirasiz. 0-9 past, 10-13 
o’rtacha, 14-23 yuqori.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin