21
Ma‘rifatning shu’lasida
Talpinib zulmat aro,
Ko‘zlaringdin oqdi tunlar
Kavkabiston, o‘zbegim.
Xuddi shu tartibda kichik guruhlarga topshiriq berilishi mumkin va bajarish uchun
3 daqiqa vaqt belgilanadi. Ushbu qo‘llangan metod orqali o‘quvchilar kichik
guruhlarda ishlab o‘zaro she’riy parcha yuzasidan fikr almashadilar. Bunda
o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlik fikrlarning yanada teranlashishiga va she’rning
g‘oyaviy xususiyatini to‘laroq anglashlariga yordam beradi. So‘ng “O‘zaro savol
yo‘llash” metodini qo‘llash mumkin. Bu metod orqali kichik guruhlarga mavzuning
ma’lum qismi bo‘lib beriladi va xuddi shu qismdan boshqa guruhlarga savol
yo‘llashlari topshiriladi. Ushbu mashg‘ulot o‘zaro sog‘lom raqobatni yuzaga
keltiradi. Qolaversa, o‘quvchilarning o‘z xatolarini o‘zlari to‘g‘irlashlari ya’ni tahlil
qilishlari mumkin bo‘ladi.
Darsning so‘ngida o‘quvchilarni individual tarzda baholashga xizmat qiluvchi
hamda ijodkorlik xususiyatlariga qaratilgan
“Bahrubayt”
o‘yinini o‘tkazish yoki
“Kichik esse”
metodini qo‘llash bizningcha ahamiyatlidir.
Masalan Erkin Vohidov she’riyatidan quyidagicha bahrubayt o‘tkazish mumkin:
Dostları ilə paylaş: