14
Аdаptiv –
ахbоrоtlаrni o‘rgаnish vа ulаrdаn fоydаlаnish jаrаyonini o‘rgаnish
hаmdа o‘rgаtish uchun qulаylаshtirish, mоslаshtirish аsоsidа kutilgаn nаtijаgа
erishish.
Inklyuziv-
o‘qituvchi bilаn o‘quvchining o‘zаrо munоsаbаtlаridа tеnglik
аsоsidа tа’lim-tаrbiya jаrаyonini tаshkil qilish.
Pеdаgоgik tехnоlоgiya bilаn mеtоdikа оrаsidаgi аyrim fаrqlаr mavjud.
Mеtоdikа-
birоr ishni mаqsаdgа muvоfiq o‘tkаzish mеtоdlаri, yo‘llаri mаjmuаsi.
Аlоhidа mеtоdikаlаrni tаshkil qilаdi. Pеdаgоgikа fаni sоhаsidа mа’lum o‘quv fаnini
o‘qitish qоnuniyatlаrini tаdqiq qilаdi. Mаsаlаn,
tillаr mеtоdikаsi, аrifmеtikа
mеtоdikаsi vа shu kаbilаr. Mеtоdikаning pеdаgоgik tехnоlоgiyadаn fаrqini
tushunish vа аmаldа hаr ikkisidаn unumli fоydаlаnа bilishni tаlаb qilinаdi.
Pedagogik texnologiya natijaviylikni ta’nimlaydi hamda har bir darsga
o‘qituvchining individual yondashuvi asosida vujudga keladi.
1.1.
Adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarning ahamiyati
Adabiy ta’lim bu inson tarbiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, unda
yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Badiiy adabiyotning inson ruhiyati hatto uning shaxsiyatining shakllanishi va
rivojlanishidagi o‘rni beqiyosdir.
10
Adabiyot ta’limidan ko‘zlangan asosiy maqsad
o‘quvchilarni badiiyatdan zavqlanishga, nutqini
va mustaqil fikrlashini
rivojlantirish bilan birga o‘zligini anglashga o‘rgatish hamda o‘zgalar fikrini
anglashga qaratiladi. Bu esa adabiyot ta’limida boy badiiy manbalarimizni yanada
chuqurroq o‘rgatish bilangina cheklanib qolmasdan undan hayotda foydalanish
malakalarini ham kamol tortirishni talab etadi. Shulardan kelib chiqqan holda
adabiy ta’limning mazmuni: o‘quvchilarning fikrlash salohiyatini,
aqliy
rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini o‘stirish; o‘z-o‘zini, moddiy borliqni badiiy
10
To
‘
qliyev B. Adabiyot o
‘
qitish metodikasi.-T.:
www.Ziyouz.com
kutubxonasi, 2010
15
ifoda vositalari yordamida anglashga hamda fikri va his-tuyg‘ularini chiroyli bayon
eta olishga o‘rgatishdir.
11
Ayniqsa bugungi globallashuv zamonida adabiyot fanini o‘qitishning eng
optimal texnologiyalarini yaratish, har bir darsga texnologik yondashish, turli
interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini
oshiradi va natijaviy
faoliyatni yuzaga keltiradi. Adabiy ta’limga xos bo‘lgan yangi pedagogik
texnologiyalar sirasiga hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi, muammoli texnologiya
hamda o‘yin texnologiyasini kiritishimiz mumkin. Hamkorlik texnologiyasi
o‘qituvchi – o‘quvchi, o‘quvchi - o‘quvchi, o‘quvchi – jamoa hamkorligiga
asoslanganligi bilan adabiy ta’limga xos texnologiya desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Adabiy ta’lim bu o‘quvchi shaxsini ulg‘aytirish, unda nafosat, go‘zallik
tuyg‘ularini
kamol toptirish, badiiy estetik ruh bag‘ishlash, she’riyatga, badiiy
asarga oshno qilib tarbiyalash hamda ularda insoniy xislatlarni shakllantirish va
hokozolarni maqsad qilib olar ekan, bugun aynan darslarda o‘qituvchining
texnologik yondashgan holda darslarni tashkil qilishi ushbu maqsadlarga erishish
uchun va ularni oldindan belgilashda zaruriy kalit vazifasini o‘taydi desak to‘g‘ri
bo‘ladi.
Bugungi o‘quvchi har tomonlama ilg‘or bo‘lishga intiladi. Bugun
o‘quvchining
xarakteri, zamonaviy muhit, o‘ta darajada jadallashayotgan
jarayonlar uni mustaqil fikr egasi, har jihatdan sog‘lom, ma’naviyatli, qat’iy qilib
tarbiyalashni taqozo etmoqda. Bu holatda o‘quvchi fikrlarini o‘stiruvchi, unga
erkin fikrlash uchun imkon yaratuvchi hamda har bir fikrlarini dallillar asosida
namoyon qilishiga xizmat qiluvchi muammoli texnologiyani qo‘llash lozimdir.
Muammoli texnologiya o‘quvchi faolligini oshirish bilan birga badiiy asar
mazmunini to‘laroq tushuntirish va o‘quvchiga
yetkazish uchun juda yaxshi
imkoniyatlarni yaratib beradi. Muammoli o‘qitish adabiy ta’limda shu jihatdan
ahamiyatliki hech bir badiiy asar inson fikrlaridan, g‘oyaviy xususiyatlardan,
11
Abdullayeva M.
”
O
’
zbek tili va adabiyotini o
’
qitish texnalogiyalari va loyihalashtirish
”
fanidan ma
’
ruzalar matni
.
–
T., 2017
16
qahramonlarda singdirilgan mohiyatdan holi emas va ushbu mazmunni o‘quvchi
shunchaki uni o‘qib yoki testlar, savollar orqali asl mohiyatiga yetib bora olmaydi.
Qachonki baxs-munozaralar,
fikrlar rang-barangligi, tahliliy yondashuvlar
kechgan jarayonlardagina bunga erishish mumkin. Muammoli texnologiya aynan
shunday metod va usullarga boy texnologiyadir.
O‘yin texnologiyasi adabiy ta’limda o‘quvchi faolligini ta’minlovchi, dars
samaradorligiga erishishga xizmat qiluvchi pedagogik texnologiyadir desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Adabiy ta’limda shunday darslar, mavzular borki unda bir-
biridan qiziqarli o‘yin mashg‘ulotlarini o‘tkazish mumkin. Masalan, dramatik
asarlarni o‘qitishda rolli o‘yinlarni qo‘llash juda muhimdir. Umuman adabiy
ta’limda o‘yin texnologiyasi o‘qituvchiga katta imkoniyatlarni beradi.
Ushbu
texnologiyalar, aytish mumkinki, yangi ilg‘or usullarni adabiyot o‘qituvchisiga
taqdim etadi va ta’limda natijaviylikni, samarani ta’minlash uchun muhim
ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: