7 ma`ruza. Tеrrоrizm va ahоli muhоfazasi. Reja


Garovda ushlab turilgan shahs -



Yüklə 271,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix15.10.2023
ölçüsü271,98 Kb.
#130360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7 - MA`RUZA.TЕRRОRIZM VA AHОLI MUHОFAZASI.

Garovda ushlab turilgan shahs - 
qo'lga olingan yoki ushlab turilgan 
shahsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, 


halqaro tashkilotlarni, shuningdek, ayrim shahslarni biron - bir harakat sodir 
etishga yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishiga majbur qilish maqsadida 
terrorchilar tomonidan qo'lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shahs. 


Terrorchi - 
terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan 
shahs. 

Terrorchilik guruhi 
- oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir 
etgan, bunday harakatga tayyorgarlik ko'rgan, yoki uni sodir etishga suyuqasd 
qilgan shahslar guruhi. 

Terrorchilik tashkiloti - 
ikki yoki undan ortiq shahsning yoki terrorchilik 
guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi. 

Terrorchilikka qarshi operatsiya 
- terrorchilik harakatiga chek qo'yish 
va uni oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek, jismoniy shahslarni havfsizligini 
ta'minlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan kelishilgan va o'zaro 
bog'liq mahsus tadbirlar majmui. 

Terrorchilikka qarshi operatsiya o'tkazilgan zona 
- joyning yoki 
akvatoriyaning alohida uchastkalari, havo bo'shlig'i, transport vositalari, binolar, 
imoratlar, inshootlar, honalar hamda terrorchilikka qarshi operatsiya o'tkazilgan 
doirada ularga tutash hududlar. 

Terrorchilik faoliyati 
- terrochilik harakatini uyuushtirish, rejalashtirsh, 
tayyorlash va amalga oshirishdan, tuzishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy -
tehnika jihatdan ta'minlashdan iborat bo'lgan faoltiyat. 

Terrorchilik harakati - 
garovga ushlab turish uchun shahslarni qo'lga 
olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamiyat arbobining, aholining milliy, etnik, 
diniy va boshqa guruhlari chet el davlatlari va halqaro tashkilotlar vakillarini 
hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik ob'ektlarni bosib 
olish, shikastlantirsh, yo'q qilish, portlatish, o't qo'yish, portlatsh qurilmalarini, 
reaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy va boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish 
yoki ishlatish yo'li bilan qo'rqitish, er usti, suv va havo transporti vositalarini qo'lga 
olish, olib qo4ish, shikastlantirish, yo'q qilish aholi gavjum joylarda va ommaviy 
tadbirlar o'tkazilayotganda vahima ko'tarish va tartibsizlik keltirib chiqarish, aholi 
hayotiga, sog'lig'iga, jismnoiy yoki yuridik shahslar mol - mulkiga, avariyalar, 
tehnogen hususiyatli halokatlar sodir etish yo'li bilan zarar etkazish yoki havf 
tug'dirish, tahdidiy har qanday vositalar, usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik 
tusidagi jinoyatlarni, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va halqaro 
huquqning umum - e'tirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi 
boshqa harakatlarni sodir etish. 




Yüklə 271,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin