Terrorchilar tomonidan keng qqllanilayotgan qurollardan
biri tuproq ostida
portlatiladigan mina va fugaslar hisoblanadi. Fugas yoki
mina tipidagi portlovchi
moddalarni mina izlovchi jihozlar yordamida topish mumkin emas. Chunki bunday
tipdagi portlovchi qurilma plastik materiallardan yasalgan bo'lib,
uni faqat
saperlarning mahsus tayoqchasi yordamida aniqlash mumkin.
Buni aniqlash
jarayoni o'ta havfli bo'lib, kichik bir hato ham inson hayotiga havf solishi ehtimoli
juda yuqori.
Terroristik harakatlarning hususiyatlari quyidagilardan iborat:
a)
terroristik harakatlar qonun ustivor bo'lmagan, o'zaro jipslashmagan,
rivojlanish darajasi ancha past bo'lgan hududlarda shakllanadi;
b)
birinchi bo'lib o'zi shakllangan, birlashgan hududni o'z tasarrufiga olishga
harakat qiladi;
s) o'ziga rivojlangan mamlakatlarda homiy izlashga harakat qiladi va har
qanday homiy yordamini rad etmaydi;
d)
tarqibotni har qanday usullardan: reklamalardan, matbuot, materiallaridan,
og'zaki tashviqotlardan, turli mish - mishlardan va yolg'on gaplar tarqatishdan o'z
maqsadlari uchun samarali foydalanishga urinadilar.;
e)
ular o'zini portlatib yuboradigan (kamekadze) lar guruhini tayyorlaydi va
o'z harakatlarini bilvosita
amalga oshiradi;
f)
ular hozirgi kunda fan, tehnika va tehnologiyalar yutuqlaridan foydalanib,
terrorizmni "global" muammolarga
aylantirishga urinadilar;
g) ular o'zlari panoh topgan mamlakatlar boshqaruvini garovga olish yoki
nazoratda ushlab turgan holatda keng jamoatchilikni qo'rqitish,
vahimaga solish,
bo'ysudirish maqsadida ko'proq kuchli rivojlangan
mamlakatlarda terroristik
harakatlarni amalga oshiradilar va bu bilan o'zlarini namoyish etishga urinadilar.
(masalan, Saudiya Arabistonning "Al - Qoida’, Iordaniyaning "Xamas",
Ispaniyaning "Eta’ terroristik ayirmachilik guruhlarining
harakatlarini aytish
mumkin).
Dostları ilə paylaş: