ekstremistik guruhlar tarkibida qo'poruvchilik harakatlari bo'yicha horijlik
yo'rig'chilarning qatnashishi;
ekstremistik guruh a'zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan
mahsus lagerlarda tayyorgarlik ko'rish;
tayyorgarlik ko'rish va qo'poruvchilik sodir etishda, horijiy davlatlar va
ekstremistik uyushmalar yordamida halqaro tus olgan noqonuniy qurol - yaroq
savdosi va narkobisnesdan keladigan manbalardan foydalanish;
Bulardan ko'rinadiki, halqaro terrorchilar tomonidan sodir etilayotgan
jinoyatlarning ijtimoiy havflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo'liga yadroviy,
kimyoviy, biologik va zamonaviy hujumkor qurollarning tushib qolish havfi
kuchaydi.
Bularning hammasi jahon jamoatchiligini qattiq tashvishlantirib qo'ydi.
1977 yilda katta "ettilik" davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) shahridagi
uchrashuvida halqaro terrorizmga qarshi kurash to'g'risida bayonot qabul qilindi.
Halqaro terrorizmning oshib borayotgan havfi va unga qarshi kurash masalalari
oliy darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzusi bo'lib keldi.
Chunki halqaro terrorizm bir tizimga birlashib harakat qila boshladi.
Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik ruhdagi
shahslar, narkobiznes va qurol - yaroq savdosidan foyda ko'ruvchi jinoiy to'dalar,
yollanib hizmat qiluvchilar paybo bo'ldi. Halqaro terrorchilik va ekstremistik
markazida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan mahsus lagerlar ochildi. Halqaro
terrorchilar aholini, hususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga
qarshi qo'yishga hamda hokimiyatga qarshi muqolifatni shakllantirishga harakat
qildi.
O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab
terrorizm va ekstremizmning har qanday ko'rinishiga qarshi qat'iyat bilan kurashib
kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi halqaro terrorizm ko'rinishlariga qaratilgan
ko'plab halqaro bitimlarning: "havo kemalarini qonunga hilof ravishda egallab
olishga qarshi kurashish to'g'risida’gi 1970 yilda Gaaga konvetsiyasining; "Fuqaro
aviatsiyasining havfsizligiga qarshi kurash to'g'risida’gi 1971 yildagi Monreal
Konventsiyaning; "Halqaro himoyadan foydalanuvchi shahslar, masalan
diplomatik agentlarga qarshi jinoayatlarning oldini olish va jazolash to'g'risida’gi
1973 yildagi konventsiyaning; "Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash
to'g'risida’gi va boshqa konventsiyalarning ishtirokchisi hisoblanadi. 2004 yildan
Toshkentda Shanhay hamkorlik Tashkiloti (ShHT)ning mintaqaviy aksilterror
tuzilmasi ijroiya qo'mitasi faoliyat ko'rsata boshladi.
Dostları ilə paylaş: