7 ma`ruza. Tеrrоrizm va ahоli muhоfazasi. Reja


 yildagi "Terrorizmga qarshi kurash to'g'risida’gi qonunning 4 -



Yüklə 271,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix15.10.2023
ölçüsü271,98 Kb.
#130360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7 - MA`RUZA.TЕRRОRIZM VA AHОLI MUHОFAZASI.

2000 yildagi "Terrorizmga qarshi kurash to'g'risida’gi qonunning 4 - 
moddasida terrorizmga qarshi kurashning asosiy printsiplari aniq ko'rsatib 
berilgan. Ular quyidagilardan iborat: 

qonuniylik; 

shahs qonunlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; 

terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi; 

jazoning muqarrarligi; 

terrorizmga qarshi kurashning oshkora va nooshkora usullarining 
ustuvorligi; 

jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi 
o'tkaziladigan operatsiiяga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik. 
Terrorizmni oldini olishda davlat organlari, fuqarolarning o'z - o'zini 
boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bilan birgalikda profilaktik chora 
-tadbirlar o'tkazish orqali amalga oshiriladi. 
Bu harakatlarda quyidagilar 
ta'qiqlanadi: 
terrorizmni ta'qib qilish; 
terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda ularni faoliyat 
ko'rsatishi; 
terrorchilik faoliyatiga dahldor bo'lgan yuridik shahslarni, ularning 
bo'linmalari va vakolatlarini akkreditatsiya qilish, ro'yhatdan o'tkazish va ularning 
faoliyat ko'rsatishi; 
terrorchilik faoliyatiga dahldor chet el fuqarolari hamda fuqaroligi 
bo'lmagan shahslarning O'zbekiston Respublikasiga kirishi; 
tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga oid 
ma'lumotlar va fikrlarni yashirish; 
Ushbu qonunga binoan O'zbekiston Respublikasida quyidagi davlat organlari 
terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi: jumladan, O'zbekiston Respublikasi 
Milliy Havfsizlik Hizmati, O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi, Davlat 
Bojhona qo'mitasi, Mudofaa va Favqulotda Faviyatlar Fazirliklari kiradi. 



Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan davlat organlarining 
faoliyatini muvofiqlashtirish hamda terrorchilik faoliyatini olidini olish, uni 
aniqlash, unga chek qo'yish va uning oqibatlarini minimallashtirish borasida 
hamkorlikda harakat qilishlarini ta'minlash O'zbekiston Respublikasi Milliy 
Havfsizlik Hizmati tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ishtirok etadigan har bir 
davlat organlarining vakillari ham ko'rsatib o'tilgan. 

Terrorchilik harakatlarini bartaraf etishda birinchi navbatda aholi hayoti 
havf ostida qolsa hamda moddiy va ma'naviy boyliklarni saqlab qolish maqsadida 
kuch ishlatmaslik uchun muzokaralar olib borish mumkin. Bunda ruhsat atilgan 
shahslargina muzokarani olib boradilar. Biroq muzokaralarning olib borilishi 
terrorchilarning sodir etgan jinoyatidagi javobgarlik olib tashlanadi. 

Muzokaralar terrorchilar harakatining ishtirokchilari tomonidan ijobiy hal 
bo'lmasa, ya'ni ular o'z harakatlarini to'htatishga rozi bo'lsalar, shuningdek 
fuqarolar hayotiga havf mavjud bo'lsa hamda moddiy va ma'naviy boyliklarning 
yo' bo'lishi aniq saqlanib turgan paytda, ularni qurolsizlantirish, va yo'q qilish 
uchun zarur choralar ko'riladi. 

Har qanday terrorchilik harakati muayyan hududda yuz beradi. 
Terrochilikka qarshi operatsiya o'tkaziladigan zonaning chegaralari terrorchilikka 
qarshi operatsiya o'tkazish rahbarlari tomonidan belgilnadai. Bunda hududning 
chegaralarini belgilashda hududning sharoiti, geografik tuzilishi, inshootlar o'ta 
muhim ob'ektlarning mavjud va mavjud emasligi, terromilik harakatlarining 
ko'lami va havfsizlik darajalari e'tiborga olinadi. 


Yüklə 271,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin