Ctrl tugmachasini bosib,
ushlab turganda barcha elementlarni tanlaymiz va kontekst menyusida
“
Группировка ” – “
Группировать ” ni tanlaymiz.
125.
Eslatma ichiga rasm qo‘yishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun “Цвета и
линии” yorlig’idagi “Формате примечания” dan to‘ldirish usullarini tanlang:
Рисунок.
126.
Excel’da “
Print Screen ” ga o‘xshash funksiya mavjud. Ammo butun ekranni suratga
oladigan funksiyadan farqli o‘laroq, bizning sevimli dasturimiz ko‘proq
xususiyatlarga ega. Varaqning ma’lum bir qismini yoki rasm formatidagi
diagrammani “fotosuratga olishimiz” mumkin: Diapazon tanlanadi va Shift
tugmachasini bosib ushlab turib, menyuning “Правка” bo‘limiga o‘tamiz. Menyu
o‘zgardi! Va “Копировать рисунок” yangi buyrug‘i paydo bo‘ldi. Uni bosamiz va
paydo bo‘lgan oynada “Как на экране” ni belgilaymiz va “OK” tugmasini bosamiz.
Endi fotosuratni rasm sifatida kiritishimiz mumkin.
(Excel 2003 uchun tegishli) 127.
Va yangi versiyalarda ish joyini rasm sifatida nusxalash uchun nusxa ko‘chirish
tugmasi yonidagi uchburchakni bosing.
128.
Excel 2010 va undan keyingi versiyalarida diagrammalardan foydalanmasdan
qiymatlarni vizual tarzda solishtirish imkonini beruvchi bar diagrammalar deb
nomlangan ajoyib shartli formatlash vositasi mavjud.
Excel 2003 va uning oldingi “hamkasblari”da bu funksiya yo‘q, ammo ozgina hiyla
bilan siz shunga o‘xshash narsani yaratishingiz mumkin.
Aytaylik, vizual ravishda taqqoslanadigan qiymatlar A1A10 oralig‘ida. B1
katakchada sun’iy piktogramma yaratish uchun =ПОВТОР(«I»;В1) formulasini
yarating va formulani butun B1:B10 diapazoniga torting.
Bizning formulamizdagi “I” qiymati gistogramma shkalasi.
(Excel 2003 uchun tegishli)