1-Mavzu: PISA tadqiqotlarida
tabiiy-ilmiy savodxonlik tushunchalarini rivojlantirish
Reja:
1.
Oʻquvchilar bilimini baholash boʻyicha xalqaro
tadqiqot dasturlariga
tayyorgarlik koʻrish va ularni tashkil etish.
2.
Tashkil etiladigan xalqaro baholash dasturlari
3.
PISA tadqiqotlari haqida asosiy ma’lumotlar
4.
PISA tadqiqotlaridan kelib chiqadigan saboqlar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi
“Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi
xalqaro tadqiqotlarni
tashkil etish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi 997-son qarori Respublika xalq ta’limi
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarni tashkil etish,
xalqaro aloqalarni oʻrnatish, oʻquvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot
va innovatsiya
faoliyatini,
eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari
va ijodkorligini har
tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish