Kimyoviy reaktsiya natijasida ajralayotgan energiyaning koʻzga koʻrinadigan
bitta belgisini yozing.
3. Moddalarning sinflari va xossalari
Avtomobil bankaning ustidan yurib uni butunlay ezib yubordi.
Quyidagi qaysi
izoh bankaning atomlariga mos keladi?
A. Atomlar boʻlinadi
V. Atomlar yassilangan
S. Atomlar avvalgi kabi qolgandi
D. Atomlar boshqa atomlarga aylanadi
Ekspertlarning xulosasi:
Asosiy maqsad oʻquvchilarning tabiiy fan savodxonligi
va ushbu maqsadga
erishishning asosiy vositasi tabiiy fanlarni ilmiy bilimga asoslangan oʻrganishdir.
Maktabda tabiiy fanlarni oʻqitish jarayonini tashkil qilishda oʻzgarishlar zarur.
Oʻqitish jarayoni oʻquvchilar tomonidan turli xil
shakllarda taqdim etilgan
ma’lumotlarni tahlil qilish, tajriba natijalarini asoslash va muhokama qilish, savollar
berish va tadqiqotning asosiy
bosqichlarini rejalashtirish,
natijalarni prognozlash
(“nima sodir boʻladi ...”) kabi qobiliyatlarni shakllantirishga yordam berishi kerak.
Tabiiy fanlarni oʻrganishda dunyodagi eng rivojlangan
mamlakatlardagi kabi
uzluksizligini amalga oshirish tavsiya etiladi.
Maktabda dastlabki tadqiqot
qobiliyatlarini
shakllantirish, tabiatShunoslik savodxonligi
va ilmiy qarashlarini
asoslash vazifasi fizika, kimyo va biologiya fanlarini kompleks tarzda oʻqitilishi
kerak.
Zamonaviylashtirilgan dasturlarga asoslanib, tabiiy fanlar uchun yangi darsliklar
va oʻquv majmualarini ishlab chiqish zarur. Ushbu darsliklarda va oʻquv
qoʻllanmalari oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatini va faoliyatini shakllantirish uchun
ilmiy uslublar va tavsiya etilgan metodologik vositalar (ijodiy topshiriqlar, tadqiqot
oʻtkazish, dastlabki ilmiy ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqalar)
asosida
oʻrganishga yondashishni aks ettirishi kerak.
Dostları ilə paylaş: