O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a
Keysni yechish jarayoni: 1. Talabalar keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama
qiladi.
2. Talaba kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda muammoni hal etishga zamin
tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.
3. Muammoni hal etishga imkon beradigan omillardan eng muhimlari ajratib
olinadi.
4. Kichik guruh a’zolari umumiy fikr asosida eng muhim omillarni bayon etadi.
5. Kichik guruhlarning fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.
O‘qituvchining yechimi Bu osmon jismlari bizning ko‘zga birdek ko‘ringani bilan ular ikki xil osmon jismi
hisoblanadi. Quyosh, quyosh tizimining asosini tashkil qiluvchi bizga eng yaqin yulduz
hisoblanadi. Oy esa Yerning tabiiy yo‘ldoshi, ya’ni Quyoshning nurlarini bizga qaytarib
beradigan yuritgiz hisoblanadi. Quyosh o‘zidan energiya chiqarib, butun tizimga
yorug‘lik va issiqlik taratadi. Shuning uchun u yerni Oyga qaraganda ko‘proq isitadi.
Quyosh Yerdan 150 mln km uzoqlikda, uning deametri esa, 1392 ming km, Oy Yerdan
384 ming km uzoqlikda, deametri esa, 3474 km agar ularning ko‘rinma deametrlarini
topadigan bo‘lsak, bir xil chiqadi. Bolalarga oddiyroq tusuntirish uchun, Quyoshgacha
bo‘lgan masofani, Oygacha bo‘lgan masofaga bo‘lsak, 400, Quyoshning radiusini esa
Oyning radiusiga bo‘lsak ham 400 chiqadi. Bu nima degani Quyoshning radiusi Oyning
radiusiga nisbatan 400 marta katta va 400 marta uzoqda joylashgani uchun ham ularning
o‘lchami bir xil bo‘ladi.
5-Keys Tasavvur qiling juda katta dengiz bo‘lib, unga sayyoralar bemalol sig‘adi. O‘sha
dengizga barcha sayyoralarni tashlasak, faqat bitta sayyora cho‘kmay suv ustida qalqib
yuradi. Bu sayyora Saturndir. Nima uchun Saturn sayyorasi Gigant sayyora bo‘lishiga,
Massasining va o‘lchamining kattaligi bo‘yicha 2-o‘rinda turishiga qaramay suvda
cho‘kmaydi.