Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Лисина М.И.Проблема онтогенеза обшения. С.89-100



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

1 Лисина М.И.Проблема онтогенеза обшения. С.89-100.
263


davrida nutq shakllarining rivojlanishida sujetli-rolli o‘yinlar ja­
rayonida muloqot bilan birgalikda tengdoshlari bilan mahsuldor 
faoliyat turlari ham qulay sharoit hisoblanadi1. Bunday faoliyat 
turlari maqsadga yo‘nalganligi, ma’lum darajada ixtiyoriylikni 
talab qiladi. Bajarilayotgan harakatlarning mazmunini va hara­
kat predmeti tavsifini nutqda mos aks ettirish uni muvaffaqiyatli 
amalga oshirish sharti hisoblanadi.
E.Z.Usmanova rahbarligida B.B.Nurullayeva tomonidan «Mak­
tabgacha yoshdagi bolalarni tafakkurini modellashtirish faoliyati­
ning tengqurlar bilan muloqotda rivojlanishi» mavzusida ilmiy 
tadqiqot olib borilgan2. B.B.Nurullayevaning tadqiqotida aniqla- 
nishicha, maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurning mo- 
dellashtiruvchi faoliyati bu yosh davri uchun xos bo‘lgan faoliyat 
bo‘lib, unda bolalarning intellektual imkoniyatlari to‘liq namoyon 
boladi. Bu yosh davrida tengdoshlari bilan muloqot tafakkurning 
modellashtiruvchi faoliyatini o‘zlashtirishning asosiy shartidir. 
Modellashtirish vazifalarini birgalikda hal qilish tashqi predmet­
li faoliyatning ichki rejaga o‘tishiga imkon tug‘diradi. Bola teng- 
doshini modellashtirishga o‘rgatib, ushbu faoliyatni egallashning 
sifat jihatidan yangi darajasiga o‘tadi, diadada o‘zaro ta’sir qilish 
sheriklarning o‘zaro rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.
14.5. Asosiy psixologik yangilik
Maktabgacha yosh davrida psixik funksiyalardan xotira ju­
da yaxshi rivojlanadi. Tafakkur tasavvurlar orqali namoyon bo‘la 
boshlaydi. Jamiyat, tabiat va dunyoning tashqi ko‘rinishi haqida 
dunyoqarashning kurtaklari shakllana boshlaydi. Bola tevarak-at- 
rofni tartiblashtirishga va tushunishga intiladi.
Bola va kattalar orasidagi yangi munosabatlar, kattalar obra- 
zi bolaning xatti-harakatlarini ma’lum tomonga yo‘llaydi, bu esa

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin