Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Sherimbetova Z.Sh.Boshlang‘ich sinflardagi o'zlashtirmovchi o ‘quvchilaming



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

1 Sherimbetova Z.Sh.Boshlang‘ich sinflardagi o'zlashtirmovchi o ‘quvchilaming
psixologik xususiyatlari. Ps.f.n....avtopef..—Т.2007.-17 c.
299


masalalar yechimlarining umumiy yollarini mustaqil ravish­
da topish ko‘nikmalari;
o‘quv vazifalarini ajrata olish, topish va o‘zlashtirish; 
o‘zini va o‘z faoliyatini adekvat baholay olish va nazorat qi­
la olish;
faoliyatda o‘zini-o‘zi boshqara olish; 
mantiqiy fikrlash qoidalaridan foydalana olish; 
umumlashtirishning turli shakllarini egallash va ulardan foy­
dalana olish;
jamoaviy faoliyatlarda ishtirok eta olish;
yuqori darajada mustaqil ijodiy faollikka ega bo‘lish.
Lekin aksariyat hollarda kichik maktab yoshidagi o‘quvchi- 
larning o‘quv faoliyati maktab amaliyotida birinchi o‘ringa bola­
larni amaliy ko‘nikmalarga, o‘qish, yozish, sanash malakalariga 
o‘rgatish muammosi turadi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf o‘quv 
faoliyatining asosiy vazifasi — bu o‘quvchilarni «o‘qish»ga, bilim 
olishga o‘rgatishdir. Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik 
rivojlanishida ta’limning ta’sirida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. 
Bu o‘zgarishlar ularni hayotlarining mas’uliyatli davri bo‘lmish 
o‘smirlik davriga o‘tish uchun tayyorlaydi.
15.4. Kichik maktab yoshida asosiy psixologik yangilik
Kichik maktab yoshida bolada ko‘pgina o‘zgarishlar ro‘y be­
radi. Bu o‘quv faoliyati ko‘nikmalarining shakllanishi, o‘z-o‘zini 
boshqarish, dunyoni bilish munosabati shakllanishi uchun senzi- 
tiv davr hisoblanadi.
Intellektual refleksiya (o‘z harakatlari va ularning asoslari 
mazmunini anglash qobiliyati) kichik maktab yoshida nazariy ta­
fakkur shakllanishidan darak beruvchi asosiy yangi psixologik tu- 
zilmadir. Nazariy tafakkur nafaqat qoidalarni, balki ularni ochish 
va qayta qurish vaziyatida namoyon bo‘ladi.
Bu yosh davrida o‘zini bilish va shaxsiy refleksiya o‘z im- 
koniyatlari chegarasini mustaqil bilish qobiliyati sifatida shakl-
300


lanadi («Bu topshiriqni yecha olamanmi, yoki yo‘qmi?», «uni 
yechish uchun menga nima halaqit beradi?», harakatning ichki 
rejasi (ma’lum natijaga erishishni rejalashtirish va uni oldindan 
ko‘ra olish ko‘nikmasi), ixtiyoriylik o‘z-o‘zini nazorat qilish ham 
rivojlanadi. Bola o‘z xulq-atvorini boshqara boshlaydi. Uyda va 
jamoat joylarida o‘zini qanday tutish kerakligi haqida xulq-atvor 
normalarini aniq tushunadi, kattalar va tengdoshlari bilan shaxs­
lararo munosabatda o‘z emotsiyalarini boshqara oladi. Xulq-atvor 
normalari o‘zining ichki talabiga aylanadi, unda uyatchanlik his- 
lari paydo boladi. Oliy hislar shakllanadi: estetik, ma’naviy, ax­
loqiy (o‘rtoqlik, hamdardlik, adolatsizlikka chiday olmaslik). Le­
kin shunga qaramay kichik maktab yoshidagi bola uchun axloqiy 
jihatdan barqaror emaslik, munosabatlar va kechinmalarning do­
imiy emasligi xosdir.
Kichik maktab yoshi davrida yetakchi bolgan o‘quv faoliyati- 
ni tashkil etish va mazmuniga bogliq ravishda yangi psixologik 
tuzilmalarning darajasida farqlar kuzatilishi mumkin. Yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, tafakkur nazariy va empirik bolishi, reflek- 
siya mazmunan va shakliy, rejalashtirish esa muhim belgilariga 
k o la va xususiy asoslarga k o la namoyon bolishi mumkin.
0
‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchi uchun nafaqat 
bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxs xu­
susiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. Kichik 
maktab yoshi davrida bola shaxsining shakllanishi davom etadi. 
0
‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivo- 
ji va shaxsining shakllanishida toliq ijobiy asos boladi. Buning 
natijasida bolaning o‘z-o‘zidan oilasi, o‘qiyotgan sinfl va boshqa 
jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay boshlaganini ko‘rish mumkin.
Yangi faoliyatga olish o‘quvchi bolaning o‘z asosiy faoliyatiga 
yangi munosabatni paydo qiladi. Unda burch hissi o‘sa boshlaydi. 
U o‘qish shart ekanligini va u uning burchi ekanligini, belgilab 
qo‘yilgan qoida va talablar bajarilishi shartligini anglaydi. 0 ‘zini 
haqiqiy o‘quvchidek his qilgan holda unda yaxshi o‘qishga ehti­
yoj paydo boladi.
301


Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning axloqiy onglari I 
va IV sinfdagi o‘qish mobaynida muhim o'zgarishlarga uchraydi 
va axloqiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiy- 
di va bola o‘zini o‘zi anglay boshlaydi. U o‘ziga xos bolgan yax- 
shi-yomon xususiyatlarni bilmasa ham, lekin u o‘zining «Men»ini 
his qiladi. 0 ‘zining vazifasi, maqsadi, uni bajarish lozimligi, uy- 
ga berilgan vazifalarni bajarish, takrorlash uning burchi ekan- 
ligi kabilarni anglab yetadi. Bu yoshdagi bolalarni maktab das- 
turiga kiritilmagan juda ko‘p atrof-muhit hodisalari haqidagi 
bilimlar qiziqtiradi. Bu qiziqishlar bolaning ko‘pincha e’tibor- 
ga olinmaydigan ijodiy o‘yinlarga nisbatan qiziqishlarida ham 
namoyon boladi. Bunday o‘yinlarda uning ijtimoiy qiziqishlari, 
emotsiyalari, jamoa uchun tashvishlanish kabi hislari aks etadi. 
Qiziquvchanlik kichik maktab yoshidagi bolalarning keng aqliy 
faolligini namoyon etilish shakli hisoblanadi. Vatanga kerakli in­
son bolish uchun o‘qishning muhimligi va ahamiyatini bilishi 
uchun ochiqlik, ishonuvchanlik, ustozining barcha topshiriqlarini 
bajarishga tayyorlik xususiyatlari keng ijtimoiy burch motivlari, 
mas’uliyatlilik samarali shartlar hisoblanadi. Maktab ta’limining 
dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilim egallashga nisbatan 
qiziqishlar, intellektual qiziqishlar sezilarli darajada rivojlanadi. 
Psixologlarning ta’kidlashicha, dastavval ayrim faktlarga, boshqa 
narsalardan ajratib olingan yolglz hodisalarga nisbatan qiziqish­
lar hosil boladi. I ll—IV sinflarda esa sabablarni, qonuniyatlarni
hodisalar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bogliqliklarni bilib olish 
uchun bolgan qiziqishlar rivojlanadi.
Ill sinfdan boshlab o‘qishga qiziqish differensiallasha boshlay­
di. 0 ‘quvchilardagi bunday qiziqishlar o‘zini anglash va o‘z xat- 
ti-harakatiga baho berishi kabi xususiyatlarni shakllantiradi. Ki­
chik maktab yoshidagi bolalarning qiziqishlarida samarali o‘qish 
uchun halaqit beruvchi qator salbiy xarakteristikalari ham mav­
jud. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning qiziqishlari: 
yetarlicha amaliy natija bera olmaydi; 
qat’iy emas, vaziyatli;
302


tez qondiriladi va ustozning qo'llab-quvvatlashisiz tez so‘nadi; 
o‘quv materiali va topshiriqlar o‘quvchining joniga tez tegadi 
va charchashni yuzaga keltiradi;
kam anglanilgan, o‘quvchining ma’lum bir predmetdagi nima 
yoqishini va nima uchun yoqishini aytib bera olmasligida ko‘ri- 
nadi;
umumlashtirishning pastligi, bir yoki bir nechta predmetlar­
ning tashqi belgilarigagina qarab umumlashtirish;
o‘quvchini o‘qishning o‘quv faoliyatining usullariga emas, 
balki natijalariga yo‘nalganligi.
Kichik maktab davrining so‘ngiga qadar o‘quv ishlarida- 
gi qiyinchiliklarni yengishga nisbatan qiziqish yuzaga kelmaydi 
(bu holat ko‘pincha o‘qituvchilarning o‘zlari tomonidan amalga 
oshiriladi, ya’ni aksariyat hollarda o‘quvchining qiyinchiliklarni 
yengishga harakati emas, balki natija baholanadi). Bularning 
barchasi kichik maktab yoshida qiziqishlarning yetarli daraja­
da rivojlanmaganligi bo‘lib, ba’zan o‘qishga nisbatan yuzaki mu- 
nosabatni keltirib chiqarishi mumkin. Kichik maktab yoshidagi 
o‘quvchilardagi motivlarning umumiy dinamikasiga nazar tash- 
lansa, quyidagilarni ko‘rish mumkin: kichik maktab davrining 
boshida maktabda bo‘lishning tashqi jihatlariga (partada o‘ti- 
rish, forma kiyish portfel ko‘tarish va h.k.), so‘ngra birinchi o‘quv 
mehnati natijalariga (birinchi bor harf va sonlarni yoza olish- 
lariga, o‘qituvchining bahosiga), keyinchalik, jarayonning o‘zi- 
ga, o‘qishning mazmuniga va shundan so‘nggina bilimlarni olish 
yo'llariga qiziqish kuchli bo‘ladi. 0 ‘qishning ijtimoiy ahamiyatini 
tushunish (2—3-sinflarda) o‘qish mazmunini va bilimlarni egal­
lash yollariga qiziqish bilan mustahkamlanishi zarur. Bunday 
holda kichik maktab davrining oxirlariga borib, o‘qishga nisbatan 
motivatsiyaning pasayishi ko‘zga tashlanmaydi.
Bilish motivlari quyidagicha o‘zgarib boradi: kichik mak­
tab yoshidagi o‘quvchilarning qiziqishlari alohida bir faktlarga 
qiziqishdan, qonuniyat va prinsiplarga qiziqishga aylanib boradi. 
Oxirgi yillarda o‘tkazilgan psixologik tadqiqotlar kichik mak-
303


tab yoshining o‘rtalariga borib bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llariga 
qiziqish yuzaga kelishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Kichik mak­
tab davrida mustaqil ta’lim motivlari ham yuzaga kelib, lekin ular 
eng oddiy shaklda — bilimlarni olish qo‘shimcha manbalariga va 
qo‘shimcha kitoblarni vaqti-vaqti bilan o‘qishga qiziqish bilan yu­
zaga keladi. Ijtimoiy motivlar birinchi sinfga kelganida differensial 
bo‘lmagan umumiy tushunishdan o‘qish va o‘rganishning zarurli- 
gi sabablarini chuqur anglashga, «o‘zi uchun» o‘qish mazmunini 
anglab yetishga tomon o‘zgarib, ijtimoiy motivlarni amaliy xarakter 
kasb etishiga sababchi bo'ladi. Bu yoshdagi vaziyatli ijtimoiy mo­
tivlar o‘qituvchining qo‘llab-quwatlashini olishga nisbatan bo'lgan 
ehtiyoji hisoblanadi. Bolaning ustoziga bo‘lgan munosabati yomon 
baho olib xafa bo‘lgan taqdirda ham ijobiy va unga ishonch bildiri- 
shi saqlanib qolaveradi. Unda o‘rtoqlari va sinfdoshlari o‘rtasida 
mavqeli bir o‘rinni egallashga harakat yuzaga kelib, asta-sekinlik 
bilan o‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo bo'ladi.
0
‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda o‘qishda 
ma’lum yutuqlarga erishish ehtiyojini qondirishga, shuningdek, 
tengdoshlari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga imkoniyat ham yara- 
tadi. Aynan ana shu o‘rin yoki mavqega erishish uchun ham bola 
yaxshi o‘qishga harakat qiladi. Bu yoshdagi bolalar doimiy ravish­
da o‘zlari erishgan muvaffaqiyatlarini boshqa tengdoshlari muvaf- 
faqiyatlari bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi bo‘lish 
nihoyatda muhim. Kichik maktab davrida bolalardagi musobaqaga 
kirishish motivi tabiiy psixologik ehtiyoj hisoblanib, bu motiv ularga 
kuchli emotsional zo‘riqishni beradi. Bu xususiyatlar aslida bog‘cha 
davridan boshlab yuzaga kela boshlaydi va kichik maktab davrida, 
shuningdek, o‘smirlik davrida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar kattalarning u haqidagi fikr 
va bergan baholariga qarab, o‘zlariga o‘zlari baho beradilar. Shu­
ningdek, o‘quvchining o‘ziga-o‘zi beradigan bahosi, turli faoliyat- 
laridagi muvaffaqiyatlariga ham bogliq boladi. Kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilarda o‘z-o‘ziga beradigan baholari turlicha — 
yuqori, adekvat — mos yoki past bolishi mumkin. Bu yoshdagi
304


bolalarda mavjud bo‘lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlar- 
ga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifati­
da shakllantirish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab 
davrida boshqarishdan o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tishi nihoyatda 
muhimdir. Yetakchi bo‘lgan o‘quv faoliyatidan tashqari boshqa 
faoliyatlar — o‘yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o‘quvchi 
shaxsi rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu faoliyatlar asosida mu­
vaffaqiyatga erishish motivlari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs xususi­
yatlari tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab davrini bolaning tur­
li faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy, 
shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb 
hisoblash mumkin. Bu davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari 
tarkib topa boshlaydi. Bu yoshdagi bolalar soatlab yolg‘iz hol­
da sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari mumkin va shu- 
lar asosida ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakl­
lanadi. Kichik maktab davridan boshlab o‘quvchilarni mustaqil 
mehnat faoliyatiga amaliy va psixologik jihatdan tayyorlashga e’ti­
bor beriladi. Bu davr ichida bolalarda mehnatga nisbatan ongli, 
ijobiy munosabatda bolish asoslari tarkib topa boshlaydi. Ularda 
mehnatga havas uyg‘onadi, mehnatga va mehnat ahllariga hurmat 
bilan qarash, ijtimoiy foydali ishlarda qatnashishga intilish singari 
fazilatlar tarkib topadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda 
mehnatsevarlik, asosan, o‘qish va mehnat faoliyatida rivojlanadi 
va mustahkamlanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar zarur bo‘lgan 
harakat va amallarni darhol o‘zlashtirib va egallab ololmaydilar, 
ko‘proq ortiqcha va chalkash harakatlar qiladilar. Mehnat jara- 
yonidagi turlicha ish harakatlarini, chunonchi: tikish, to‘qish, ki- 
yish yoki taxtalarni randalash kabi ish harakatlarni qiynalmas- 
dan va birmuncha silliq bajaradigan bolishi uchun har bir ishda 
har qanday harakatlar qilish kerakligini va bu harakatlarning qay 
yo‘sinda amalga oshirilishini aniq bilib olish va esda qoldirish ke­
rak boladi. Harakatlarni qayta-qayta takrorlash, mashq qilib bo­
rish natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilarda uchrab turadigan or­
tiqcha va chalkash harakatlar yo‘qolib boradi.
305


0
‘qituvchilar mehnat darslarida o‘quvchi laming mehnatiga 
yetarli darajada e’tibor berishlari, mehnat darsiga alohida tayyor­
garlik ko‘rishlari, o‘quvchilarning har bir harakatlarini ziyraklik 
va kuzatuvchanlik bilan nazorat qilishlari, ularga individual mu­
nosabatda bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir.
Boshlanglch sinf o‘quvchilarining mehnati:
— bolalarni yosh, individual va jismoniy rivojlanishiga mos 
bolishi;
— o‘quvchilar uchun qiziqarli bolishi;
— undan kundalik ish jarayonida o‘z-o‘ziga xizmat qilishga 
asoslanganligi;
— jamoa bolib mehnat qilish orqali bolalarda bir-biriga nis­
batan hamkorlik, do‘stlik, o‘rtoqlik tuyg'ularini shakllantirishi;
— o'quvchini o‘zini tuta bilishga, sabr-toqatli bolishga, qiyin- 
chiliklarga bardosh berishga o‘rgatadigan va ularni shakllantirishi;
— o‘quvchi o‘z mehnati natijasidan bahramand boladigan 
mehnat xususiyatlariga ega bolishi lozim.
Bola o‘z mehnat mahsuli sinf yoki maktab jamoasiga, ja- 
moatchilikka manfaat keltirayotganligini bilib, undan xabardor 
bolib borsa undagi ijtimoiy foydali mehnatga bolgan ishtiyoq ya­
rn ham ortadi va mehnatga nisbatan faol, ijodiy va ongli mu- 
nosabat shakllana boradi. Mehnatsevarlik bolada o‘zi qilayotgan 
mehnati unga zavq bergan taqdirdagina yuzaga keladi va rivojla­
nadi.
Bu davrda mustaqillikning poydevori yuzaga kelib, o‘quv va- 
zifalarini mustaqil bajarish layoqati yuzaga keladi. Mustaqillikka 
moyillikning rivojlanishi ikki yo‘nalish asosida amalga oshiriladi1.
1. 
Mustaqillikning shaxs xislati sifatida vujudga kelishi ijti­
moiy muhitga bogliq. Bu bogliqlik mustaqillikka bolgan ehtiyoj- 
ni qondirish imkoniyatlari sohasida va qadriyatlarda ifodalangan 
mustaqillik mazmuni xarakterida ifodalanadi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin