Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Махсудова M.A. Развитие познавательных интересов учащихся первых



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

1 Махсудова M.A. Развитие познавательных интересов учащихся первых
классов в процессе обучения. Автореф.....пс.н.-Т.1993.-17 с.
310


Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘quv yilining boshida o‘quvchilar o‘z 
qiziqishlarini «yoqadi», «yaxshi ko‘raman» kabi umumiy motivlar 
bilan namoyon qilsalar, 1-sinf o‘quvchilarining o‘qish faoliyatida- 
gi muvaffaqiyatlari munosabati bilan ularning bu faoliyati mazmu­
ni naqadar o'qishga berilishida aks etar ekan. 0 ‘quv yilining oxirida 
bolalar o‘zlari uchun yangi bo‘lgan faoliyat turlari — konstruktorlik, 
mehnat turlari bilan qiziqa boshlaydilar. 1-sinf o'quvchilari bilish 
qiziqishlarini samarali rivojlanish shart-sharoitlari ta’limda samara­
li metodlarni qo‘llashga bog‘liqdir. Jumladan, mashq va vazifalar- 
ning mazmunini tanlash, o‘quvchilarning darsdagi diqqatini faol- 
lashtirish, ishning o‘yin shakllari, musobaqa turlari va h.k.
Taajjublanish hissi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda bun­
day his ularga qandaydir odatdan tashqari, noma’lum biror nar­
sa ta’sir qilganida tug‘iladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kut- 
magan voqealar sodir bo‘lganida ulardan taajjublanadilar. Bilish 
jarayonida taajjublanish hissi xursandlik tariqasida o‘tadi. Bu hoi 
samarali bilish faoliyatining doimiy yo‘ldoshidir. «Voqealarni ku­
zatib borayotganimizda biz o‘zimizda tug‘ilgan hislardan mam- 
nun bo‘lamiz, bu mamnuniyat esa intellektual xursandlikdir 
(D. R. Dekart).
Kutilmagan bir narsa sababli tug‘ilgan taajjublanish kichik 
maktab yoshidagi o‘quvchilarni dastlabki qarashda kam uchray- 
digan va odatdan tashqari bolib ko‘ringan narsalarni diqqat bilan 
ko‘zdan kechirishga majbur etadi. Shunday qilib, taajjublanish 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini hodisalarni bilishga g'oyat dara­
jada rag‘batlantiradi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin