Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Sotsiometriya metodi. 
Sotsiometriya metodi birinchi bo‘lib 
amerikalik psixolog Dj. Moreno tomonidan taklif etilgan. Bu 
metodning mohiyati shundan iboratki, inson u yoki bu ko‘rsat- 
kich bo‘yicha guruh a’zolarini tanlaydi. Qilingan tanlashlar aso- 
sida kishining guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida tut- 
gan o‘rni haqida xulosa qilinadi.
Demak, sotsiometriya metodi yordamida guruh a’zolari 
o‘rtasidagi simpatiya yoki antipatiyani aniqlash mumkin. Sotsio­
metriya metodini operativ tarzda o‘tkazish, uning natijalarini esa 
matematik qayta ishlash va grafik ravishda ifodalash mumkin.
Sotsiometriyani tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir 
qatorda uning ba’zi kamchiliklarini ham ko'rsatib o‘tish zarur. 
Asosiy kamchilik shundan iboratki, sotsiometriya metodi mavjud 
munosabatlar strukturasining sabablarini aniqlash imkonini ber- 
maydi. Shuning uchun ham sotsiometriyadan olingan ma’lumot- 
lar kuzatish, suhbat, psixologik-pedagogik eksperiment natijalari 
bilan to‘ldirilishi lozim.
Sotsiometriya metodidan guruh, jamoa a’zolari o‘zaro bir-bir- 
larini yaxshi bilgan holatlardagina foydalanish mumkin. Bu 
metod yordamida shaxsning xizmat yuzasidan bo‘ladigan va 
shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o'rnini aniqlash, birlamchi
36


guruhlar mavjud yoki mavjud emasligini topish, birlamchi gu- 
ruhlarning paydo bo'lishi va tarqab ketishi sabablarini aniqlash 
mumkin.
Sotsiometriya metodining mohiyati shundan iboratki, tekshiri- 
luvchiga birga qilinadigan ishlari yoki guruh a’zolarining ishlarini 
birgalikda bajarishga xohishlari to‘g‘risida savollar beriladi. Beri- 
ladigan savollar 
tanlash
ko‘rsatkichlari deyiladi. Kuchli va kuch- 
siz ko‘rsatkichlar farqlanadi. Kuchlilar chuqur va barqaror muno- 
sabatlarni, kuchsizlari yuzaki va beqaror munosabatlarni aniqlash 
imkonini yaratadi. Masalan, «xizmatdoshlaringizdan qaysi biri 
bilan bitta brigadada ishlashni xohlardingiz?» degan savol bo‘yi- 
cha aniqlangan ko‘rsatkich kuchli ko'rsatkich hisoblanadi, chun- 
ki u uzoq vaqt davom etadigan, muhim munosabatlarga tegishli. 
«Kimni birga ekskursiyaga borishga taklif qilardingiz?» — kuchsiz 
ko‘rsatkich, chunki u chuqur bo'lmagan va vaqtinchalik munosa­
batlarni belgilaydi. Kuchli va kuchsiz ko'rsatkichlar mazmuni ji- 
hatidan turlicha bo'lishi mumkin, lekin ulardagi umumiy narsa — 
natijalar, ya’ni sherik tanlash.
Tanlashlar soni cheksiz bo‘lishi mumkin, biroq amaliyotning 
ko'rsatishicha, kishining guruhdagi holati va o‘zaro munosabat- 
larini aniqlash uchun 3 ta kishi tanlash yetarli. Bunda sinaluv- 
chidan, birinchi navbatda kim ni tanlashi, agar 
1
shaxs bilan 
imkon bo'lmasa 
2
-navbatda kim ni tanlashi hamda ikkinchisi- 
ni tanlash imkoni bo‘lmasa, 3-navbatda kim ni tanlashi haqida 
so‘raladi.
Sherikni tanlash o‘zaro va bir tomonlama bo'lishi mumkin. 1 
-holda A — В ni, В — A ni tanlaydi. Bu o‘zaro bir-birini tanlash 
hisoblanadi. Tanlash bir tomonlama bo'lganda A — В ni, В esa D 
ni yoki E ni tanlaydi.
Tanlash bir tomonlama bo'lganda A — В ni, В esa D ni yoki 
E ni tanlaydi.
37


Guruh, jamoadagi o‘zaro munosabatlar graflk ravishda zanjir, 
uchburchak yoki yulduzcha shaklida ifodalanishi mumkin.
Bunday ifodalash a’zosi unchalik ko‘p bo‘lmagan guruhlarda 
bo‘lishi mumkin. Agar guruh ko‘p sonli bo‘lsa, aylana shaklidagi 
sxemadan foydalanish lozim. Buning uchun 4 ta aylana chiziladi. 
Birinchi yoki markaziy aylanaga eng ko‘p tanlangan guruh a’zosi- 
ning shartli belgisi qo‘yiladi. Markazdan keyingi, ya’ni ikkinchi 
aylanaga 3 m arta tanlangan o‘quvchilarning nomeri yoziladi, 
uchinchi aylana ichiga 
1—2
m arta tanlangan o‘quvchi, to‘rtinchi 
aylanaga tanlanmagan o‘quvchilarning shartli belgisi hamda ay- 
lanadan tashqariga rad etilgan o‘quvchilar nomeri yoziladi.
Bunda aylana 2 qismga ajratiladi va chap tomonga qizlar, o‘ng 
tomonga o‘g‘il bolalarning shartli belgilari joylashtirib chiqila­
di. Qizlar doira, o‘g‘il bolalar esa uchburchak bilan ifodalana- 
di. Doira va uchburchaklar kim kimni tanlashiga qarab, strelkali 
chiziqlar bilan birlashtiriladi. Bu sxema sotsiogramma deb ataladi.
Agar guruhda 20 dan ortiq a’zo bo'lsa, bunday sxema tuzish 
qiyinroq bo‘ladi. Shuning uchun bunday hollarda matritsadan 
foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
38


Matritsa quyidagicha tuziladi. To'rtburchak yoki kvadrat chi- 
zilib, guruh a’zolarining soniga qarab katakchalarga bo‘linadi. 
Chap tarafdan yuqoridan pastga va yuqoridan o‘ng tarafga guruh 
a’zolarining shartli belgilari qo‘yib chiqiladi. Guruh a’zolarining 
shartli belgilari o‘quvchilar familiyasi yoki familiya bosh harfi
tekshiruvchilarning tartib nomerlari ham bo'lishi mumkin. Go- 
rizontal chiziq bo‘yicha qatorlarga tanlanayotgan o‘quvchi, ver- 
tikaliga esa katakcha ichiga kim ni tanlayotgani haqidagi m a’lu- 
motlar yoziladi. Ijobiy tanlash «+» belgisi bilan, o‘zaro bir-birini 
tanlash esa «+» belgisi bilan ifodalanadi.
M a’lumki, kichik guruh yoki jamoalarda birlamchi guruh- 
lar mavjud boMishi mumkin. Bu birlamchi guruhlar esa bosh­
qa matritsada belgilanadi. Buning uchun yuqorida ko‘rsatilga- 
nidek, to‘rtburchak yoki kvadrat chizilib, matritsaning chap 
burchagidan pastdagi o‘ng burchagiga qaratib diagonal chiziq 
o‘tkaziladi. Bu chiziq kvadratning shu diagonal chizig'iga to‘g‘ri 
kelgan kataklari ustidan o'tadi. 
1
-matritsadan o‘zaro tanlanish- 
ga ega bo‘lgan istagan bir o‘quvchi tanlab olinadi. Uning tar­
tib raqam ini va familiyasini m atritsaning 
1
-qatoriga o‘tkaziladi. 
Xuddi ana shu raqam ni yuqoridagi 1-katakka qo‘yiladi. So'ngra
1
-matritsadan 
1
-qatorga yozilgan shaxs bilan o'zaro tanlanish- 
da bo‘lgan shaxslarni tanlab olinadi. Uning tartib raqami va 
familiyasi 2-qatorga yoziladi. Xuddi ana shu raqam ni yuqori­
dan 2-ustunga yoziladi. M atritsaning shunga muvofiq keladi- 
gan kataklariga «+» belgisi yozib qo‘yiladi. M atritsaning 1-qa- 
toridagi o‘quvchi bilan o‘zaro tanlanishda bo‘lgan guruhning 
navbatdagi a’zosini uning 
1
-matritsadagi raqam ini saqlagan hol- 
da 3-qatorga yoziladi. Shu raqamni 3-ustunning yuqori qismiga 
ham qo‘yiladi. Tegishli katakka «+» belgisi 

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin