VI BOB. ERIKSONNING SHAXS RIVOJLANISHINI
PSIXOIJTIMOIY NAZARIYASI
Reja:
1. Eriksonning ego-psixologiyasi.
2. Erikson ishlarida tadqiqot metodlari.
3. Erikson nazariyasining asosiy tushunchalari.
4. Shaxs rivojlanishining psixoijtimoiy bosqichlari.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
Talabalarga Erikson nazariyasi haqida bilim berish.
Tarbiyaviy:
Bo‘lg‘usi psixologlarni Erikson nazariyasini tahlil
qilishga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi:
Olingan nazariy
bilimlarni mustahkamlab,
amaliyotga yo‘naltirish yo‘llari bo‘yicha ko‘nikma-malakalarni
rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar:
egopsixologiya, psixoijtimoiy nazariya,
egotenglik.
6.1. Eriksonning ego-psixologiyasi
Amerikalik psixolog E.Erikson (1902—1994) ego-psixologi
ya yo‘nalishining vakili sifatida mashhurdir. Erikson nazariyasi
Anna Freyd nazariyasi kabi psixologik tahlil
amaliyotidan keyin
yuzaga keldi. E.Eriksonning o‘zi tan olganiday, Yevropadan emi-
gratsiya qilingach yashagan urushdan keyingi Amerikada kichik
bolalardagi xavotirlilik, hindlardagi umidsizlik,
urush veteran-
laridagi sarosima, natsist (german fashist)laridagi shafqatsizlik ka
bi ko‘rinishlarni tushuntirish va korreksiya qilish talab qilinadi. Bu
barcha ko‘rinishlarga psixoanalitik yondashuv nizo mavjudligini
ko‘rsatdi, Z.Freydning ishlari esa nevrotik
nizolarni birmuncha
o‘rganilgan insoniy axloq aspekti qila oldi. Biroq E.Erikson sanab
o‘tilgan ommaviy ko‘rinishlarni nevrozning faqat analogi deb hi-
soblamaydi. Uning fikriga ko‘ra, insoniy «Men»ning asoslari ja
miyatning ijtimoiy uyushtirilishida ildiz otadi.
E.Erikson «Men» va jamiyat munosabatlari haqidagi psixo
analitik konsepsiyani yaratdi. Shu bilan birgalikda, uning konsep-
103
siyasi — bu bolalik konsepsiyasidir.
Uzoq muddatli bolalikka ega
bo‘lish aynan insonga xos. Bundan tashqari, jamiyatning rivoj
lanishi bolalikning uzayishiga olib keladi. «Uzoq
davom etuvchi
bolalik insonni texnik va intellektual mazmunda o‘z ishiga mohir
odam qilib qo‘yadi, biroq u insonda butun umr hissiy yetilmagan-
lik izini qoldiradi», — deb yozadi E.Erikson.
Dostları ilə paylaş: