6-
bob. Metodbirlashma hujjatlari
20.
Metodbirlashma faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:
Metodbirlashmaning tasdiqlangan yillik ish rejasi;
yig‘ilish bayonnomasi;
yillik hisoboti.
21.
Metodbirlashma hujjatlarining yuritilishi va saqlanishiga Metodbirlashma
rahbari javobgar hisoblanadi.
Metodbirlashmaning yillik ish rejasi, yig‘ilish bayonnomasi, hisoboti uch yil
mobaynida saqlanadi hamda tegishli tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining idoraviy
arxiviga topshiriladi.
7-
bob. Moddiy rag‘batlantirish
22.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan metodbirlashma rahbarlariga
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor
jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida
nizom”ga muvofiq, talabnoma asosida tarif stavkalariga har oylik ustama haqi berilib
borilishi mumkin.
8-
bob. Yakuniy qoidalar
23.
Metodbirlashmalar umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv
ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tavsiyasiga ko‘ra maktab direktorining buyrug‘i bilan
tashkil etiladi va tugatiladi.
24.
Metodbirlashma qarorlarini bajarish Metodbirlashmaning har bir a’zosi
uchun majburiy bo‘lib, qarorlar ijrosining umumiy nazorati Metodbirlashma rahbari
tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirining
2022-yil 5-dekabrdagi
372-sonli buyrug‘iga
3-
ILOVA
Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi
Dostları ilə paylaş: |