Ona haqida sherlar



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix24.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#130841
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Ona haqida sherlar

ONAMGA SUZLAR
Jonimga dust,qadrdon, 
Kurmasam kungil vayron. 
Tabarruk,tanti Inson, 
Himmatimsiz Onajon. 
Farzand deb dard tortganim, 
Turt tomonga chopganim. 
Bu Dunyoda topganim, 
Davlatimsiz Onajon. 
Rizqim qator terilgan, 
Yurakka dard berilgan. 
Onam bor deb kerilgan, 
Savlatimsiz Onajon. 
Sizsiz qalb bush,yurakmas, 
Sizsiz tilak tilakmas. 
Menga Jannat kerakmas, 
Jannatimsiz Onajon. 
Nazmu navo bozorim, 
Qalbga tutash ozorim. 
El ichra etiborim, 
Hurmatimsiz Onajon. 


YOnimdasiz kunu-tun, 
Goh shodon,goho mahzun. 
Qushiqlarim siz uchun, 
Sanatimsiz Onajon. 
ONA NOLASI
Bolajonim kuydirma buncha, 
Kupaytirding sochim oqini. 
Havotirim ortyapti shuncha, 
Bosib utsang jakhl togini. 
Kech kelyapsan kuchadan quzim, 
Darvozaga termulib toldim. 
Kelguningcha ilinmas kuzim, 
Shu yil bolam tez qarib qoldim. 
Zarda qilsang ogriydi jonim, 
Jerkishinga tukaman kuz yosh. 
Khasta bulsang yomon ahvolim, 
Etkazolmay qolaman bardosh. 
Nuri diydam yoshliginga qayt, 
Usha paytlar mehribon eding. 
Avvalgidek ―onajon‖ deb ayt, 
Mekhribonsiz hammadan derding. 
Etagimdan quymasding sira, 
Qidirarding kurinmay qolsam. 
Ovqat erdik utirib birga, 
Qarasharding mehnatdan tolsam. 
Suyinardim, duo qilarding, 
Onajonim omon saqla deb. 
YOsh tuksam khomush turarding, 
Yurar eding daldalar berib. 


Lekin nega uzgarding bolam, 
Sogindimku eski holga qayt. 
Mehr bilan desang bas onam, 
Dilingdagin hammmasin ayt! 
ONAJONIM OMON BULSANGIZ 
Kuzlarimni kup yuqlamas nam, 
Alam bulmas suzlarimda kham. 
Uch yuz oltmish besh kunim bayram, 
Onajonim omon bulsangiz. 
Kulgularim chiqar avjiga, 
Khamohangdek dengiz mavjiga. 
Yuboraman Umraga, Khajga, 
Onajonim omon bulsangiz. 
Otam bilan uyim turida, 
Khar dam buling qalbim qurida. 
Bosh bulasiz bolam tuyida, 
Onajonim omon bulsangiz. 
Shamollarda titragan shamdek, 
Khor bulmayman singan qalamdek. 
Suv tutaman obi Zam-Zamdek, 
Onajonim omon bulsangiz. 
Lafzim buzsam meni quchsin dard, 
Niyatim sof tilagim begard 
Qadringizni bilmagan nomard. 
Onajonim omon bulsangiz. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin