168
6-aralashtirish kamerasi; 7-naycha; 8-mundshtuk.
b-injektorli gorelka
: 1,2-trubkalar; 3-ventel; 4-aralashtirish kamerasi;
5-naycha; 6-mundshtuk.
Uni rostlash bilan zarur quvvatli alanga hosil qilinadi. 1077-19
davlat andozasiga binoan gorelkalar tuzilishiga, foydalanadigan gazlar
turiga,
ishlatilishi joyiga, alanga miqdoriga, quvvatiga qarab turli
xillarga ajratiladi. Amalda ko‗proq ishlatiladigan gorelkalar injektorli
gorelkalar bo‗lib, ularni kichik bosimda (0,01-0,02 MPa)
ishlovchi G
2
-
04, o‗rta bosimda ishlovchi G
3
-03, modellari bor.
8.5-a-rasmda injektorli gorelkani, 8.5-
b rasmda esa injektorsiz
gorelkani sxemasi keltirilgan. Gorelkaga (8.5 - a rasm) kislorod kanal 1,
atsetilen kanal 2 orqali ma‘lum bosimda kiradi. Bunda kislorod injektori
5 ning teshigida katta tezlikda chiqayotganda u kanal 2 dan kelayotgan
yonuvchi gazni suradi va ular kamera 6da aralashib mundsh-tuk
teshigida chiqadi. Keyin yondirilgan alanga hosil qiladi. Alangani
rostlashda kislorod ventili 3, atsetilen ventili 4 dan foydalaniladi.
8.4.
Detallarni plazma yordamida eritib purkash
Avtomobil detallarni ishlash imkoniyatini payvandlash yo‗li
bilan
tiklashning yana bir usuli,
plazma yordamida eritib purkashdir.
Bu usul
bilan suyuqlanish harorati yuqori bo‗lgan metallar va ularning qotishmalari
shuningdek, alyuminiy qotishmalarini payvandlashda, kesishda hamda
boshqa metallar bilan qoplashda foydalaniladi.
Bunda metallarni
payvandlash, kesish yoki qoplash joyiga yuqori haroratli plazma
(ionlangan gaz) oqimi maxsus gorelkalar (8.5-rasm) yordamida yo‗nal-
tiriladi. Suyuqlanayotgan metall soviganda kiristallanib chok hosil bo‗ladi.
Plazmatron (plazma gorelka)ni ishga tushirish uchun avval
volfrom elektrod 1 va suv bilan sovutilib turuvchi soplo 3
orasida yoy
yondiriladi (8.6-rasm). So‗ngra gorelkaning tor kanalidan argon yoki
geliy gazi yuboriladi. Yoy ustunidan o‗tayotgan gaz qiziydi va ionlanib
soplo teshigidan chiqishidayoq yuqori haroratli plazmaga o‗tadi va
uning yoy bilan birgalikdagi ta‘sirida detal yuzasi tez suyuqlanadi.
Bunda harorat 10000-20000
0
C ga ko‗tariladi. Plazma yordamida yoy
ustunining harorati ishlash imkoniyati tiklanayotgan
detall bilan sopla
orasidagi masofaga bog‗liq.
169
Issiqlik oqimining harorati elektrod toretsidan uzoqlashgan sari
pasayab boradi. Masalan, bu oraliq 6-8 mm bo‗lganda harorat 6000-
8000
0
C bo‗ladi. Payvandlash zonasini havoning zararli ta‘siridan
himoya qilish uchun soploning xalqali kanalidan qo‗shimcha Ravishda
inert
gaz
yuboriladi.
Juda
yupqa
(0,03-0,5
mm)
metallar
payvandlanganda mikroplazmadan foydalaniladi. Faqat plazma oqimida
ishlaydigan plazmatron sxemasi 8.6-rasm (b) da keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: