17
shning buzilish xarakteri bir necha omillarga borliq. Ularning asosiylari
quyidagilardan iborat: birgina notekislik botish chuqurligi
(h)
ning uning
radiusiga nisbati
(h/r)
hamda molekulyar bog‗lanish tangensial mustah-
kamligining asosiy materialning oquvchanlik
chegarasi o ga nisbati
(r/tr,).
(h/r)
ning miqdori geometrik xarakteristika bo‗lib, tutashuvning
elastik, plastik yoki mikrokesilishga moyilligini ko‗rsatib beradi.
(t/g,)
ning miqdori esa detal materialining fizik-mexanik xususiyatlarini
ko‗rsatadi.
1.6 - rasm. Yeyilish turlari tasnifi
Tashqi ishqalanishda friksion bog‗lanishning
buzilishi ikki
jismning tutashish yuzasida yoki bu jismlarni qoplab turgan yupqa
pardalar orasida sodir bo‗ladi. Agar friksion bog‗lanishning buzilishi
tutashish yuzalarida emas, balki asosiy material yuzasidan chuqurroqda
sodir bo‗lsa, tashqi ishqalanish ichki ishqalanishga o‗tadi.
V. Kragelskiy tomonidan taklif qilingan tasnifda bardaror haro-
ratda moysizlik va chegaraviy moylanish sharoitida friksion bog‗la-
nishning besh turi ko‗rsatiladi.
1.
Kontrjism bo‗rtiqlari bilan materiallarni
elastik siqib chiqarish
tutashuv yuzasidagi kuchlanish oquvchanlik chegarasidan oshib ketma-
Yeyilish
Korrozion -
mexanik
Molekulyar-mexanik
Mexanik
Abr
az
iv
S
ha
kl o‗z
ga
rishi natij
asid
a
Mo‗r
t yemiril
ish nati
jasida
C
ha
rc
ha
sh na
ti
jasida
Atoml
ar ta
nlab
o‗
ti
shi
shar
oit
ida
Adge
zion
Oksidl
anish n
ati
jasida
Er
osion
Ka
vit
atsi
on
F
re
tt
ing
-korr
oz
iya
jar
ayonida
18
gan holda sodir bo‗ladi. Bu holda materialning yeyilishi uning toliqishi
natijasida yuzaga keladi.
2.
Materialning plastik siqib chiqariiishi kontakt kuchlanishi oquv-
chanlik chegarasiga yetganda va siqib chiqarilgan
material botirilgan
bo‗rtiq atrofidan aylanib o‗tganda sodir bo‗ladi. Bu holda yeyilish kam
skill plastik qayta deformatsiyafanish (kam siklli friksion toliqish)
natijasida sodir bo‗ladi.
3.
Mikrokesilish kontakt kuchlanishlar yoki plastik deformatsiyalar
miqdori chegaraviy qiymatdan ortib ketganda sodir bo‗ladi. Yeyilish bir
tutashuvli o‗zaro ta‘sir natijasida sodir bo‗ladi.
4.
Adgeziya natijasida friksion bog‗lanishning buzilishi (yopi-
shishga qarshi yupqa pardalarning yirtilishi) to‗g‗ridan-to‗g‗ri buzilishga
olib kelmaydi, ammo u kontakt kuchlanish va deformatsiya miqdoriga
ta‘sir qilib, toliqish jarayoniga ta‘sir ko‗rsatadi.
Adgezion buzilish
pardaning mustahkamligi asosiy materialning mustahkamligidan kam
bo‗lmaganda ya‘ni gradient musbat (
dT/dk>0)
bo‗lganda sodir bo‗ladi.
5.
Kogezion o‗yilish, friksion bog‗lanish mustahkamligi (pardaning
mustahkamligi)
asosiy
materialning
mustahkamligidan
yuqori
bo‗lganda, ya‘ni mexanik xossalar gradient manfiy (
d/dh<0)
bo‗lganda
sodir bo‗ladi. Bu holda yeyilish birgina ta‘sir tufayli chuqur o‗yilish
natijasida sodir bo‗ladi.
Mikrokesilishda va kogezion o‗yilishda yeyilish maksimal, elastik
tutashuvda va minimal qiymatga ega bo‗ladi.
Yeyilish jarayonini boshqacha tasniflashni ham ko‗rib o‗tamiz.
Birinchi tasnif 1921-yili Brinel tomonidan taklif qilingan. Bunda u
kinematik belgilariga va ishqalanuvchi sirtlar orasidagi moyga bog‗liq
holda ishqalanishni quyidagi turlarga ajratadi:
1.
moyli
dumalab ishqalanish;
2.
moysiz dumalab ishqalanish;
3.
moyli sirpanib ishqalanish;
4.
moysiz sirpanib ishqalanish;
5.
ikki qattiq jism orasidagi ishqalanish;
6.
qattiq jismlar orasida oraliq silliqlovchi kukun borligidagi
ishqalanish.
B.I.Kostetskiy mashina detallarining yeyilishini ishqalanish juftlik-
lari metallarining yuza qatlamlarida kechadigan asosiy jarayonlar bo‗-
yicha quyidagi turlarga bo‗ladi: plastik deformatsiyalanish; mustahkam-
19
lanish; metall bog‗lanishlar hosil bo‗lishi
va ularning buzilishi;
adsorbsiyalanish; diffuziyalanish va kimyoviy bog‗lanishlar hosil qilish;
qizish va issiqlik hodisalari natijasida metall xossalarining o‗zgarishi;
kesilish va toliqish hodisalari.
B. I. Kostetskiy barcha buzilish jarayonlarini normal (nazariy jihat-
dan muqarrar va amaliy jihatdan joiz) va patologik shikastlanish
(mashinaning ishi jarayonida ruxsat etilmagan) hodisalariga ajratadi.
Dostları ilə paylaş: