226
qo‗llaniladi. Ushbu yelim suvga, kislotalarning past miqdorli (5–10% li)
eritmalariga chidamli bo‗lib, 60–70°C dan oshiq bo‗lmagan tempe-
raturada ishlashi mumkin. Ammo yelimning moylarga, suyuq yonilgi va
erituvchilarga qarshiligi ancha past.
BF2, BF-4, BF-6 yelimlari
tormoz kolodkalarini va ilashish
muftalarining friksion ustquymalarini yelimlashda (parchin mix o‗rnida)
ishlatiladi. Ulardan BF-4 yelimida plastikroq birikma, BF-6 yelimida esa
qovushokroq birikma hosil bo‗ladi, shuning uchun u rezina, gazlama,
kigiz va boshsa elastik materiallarni yelimlashda ishlatiladi. Yelimlash
rejimi: yelimlanadigan yuzalarni siqish bosimi 0,05... 0,1 MPa,
temperatura 140–160°C, shu sharoitda ushlab turish vaqti 1,0–1,5 soat.
Yelimlashning umumiy texnologik jarayoni detallarni biriktirishga
tayyorlashni,
ularni biriktirishni, siqishni, yelimlash sifatini oshirish
uchun berilgan temperaturada ushlab turishni va zarur bo‗lganda so‗nggi
ishlov berishni uz ichiga oladi.
Misol tariqasida ilashish muftasining friksion ustqo‗yilmalarini
po‗lat disklarga VS-10T yelimi bilan yelimlash texnologik operatsiya-
larining ketma-ketligini keltirib utamiz:
—
eski ustqo‗ymalarni kuchirib olish;
—
po‗lat disklar sirtini loy va zangdan po‗lat cho‗tka, qum qogoz
yoki
jilvirlar bilan tozalash;
—
po‗lat disk va friksion ustqo‗ymalar sirtini atseton yoki benzin
bilan yogsizlantirish;
—
po‗lat disk va friksion usto‗yma sirtiga yelimning birinchi yupqa
qotlamini surtish;
—
mazkur satlamni havoda 10–20 minut davomida quritish;
—
yelimning ikkinchi qatlamini surtish;
—
po‗lat disk ustiga friksion ustqo‗ymani joylashtirish va ularni
0,2-0,3 MPa bosim bilan maxsus qurilmada siqish;
—
siqilgan birpkmani quritish shkafida 45–60 daqiqa davomida
180°C temperaturada quritish va
uni asta-sekin sovitish;
—
qotgan disklarni siquvchi uskunalardan bo‗shatish;
—
disklarning chetiga oqib chiqqan yelimlarni bartaraf etish;
—
disklarni aylanish o‗qi bo‗yicha bukilganligini va ust-
qo‗yilmalarning umumiy qalinligini nazorat qilish.
Hozirgi paytda ustqo‗ymalarni tayyor yelimli tasma bilan yopish-
tirish usuli keng qo‗llanilmoqda. Buning uchun ip gazlama tasmaga VS-
227
10T yelimi maxsus qurilmalarda shimdiriladi va quritiladi. Yelimlashda
tasmadan keragicha qirqib olinib, yopishtiriladigan yuzalar orasiga
qo‗yiladi va ularni maxsus qurilmada 0,2–0,3 MPa bosimda siqiladi.
So‗ngra yelimlangan detallar 180±5°C gacha qizdiriladi va 1,5 soat
mobaynida ushlab turiladi.
Friksion ustqo‗ymalarni o‗rnatishda parchin mixlar o‗rniga
yelimlardan foydalanish ta‘mirlashdagi mehnat sarfini 3
marotaba
kamaytiradi, friksion ustqo‗ymaning ish yuzasi ortadi.
Mashina detallarini sintetik materiallardan foydalanib ta‘mirlash
usulining oddiyligi, birikmalarning puxta chiqishi va narxi arzonligi va
bunda uncha murakkab bulmagan uskunalardan foydalanilishi mazkur
usulning afzalligi hisoblanadi.
Ammo detallarni sintetik materiallar yordamida ta‘mirlash qator
kamchiliklarga ham ega. Bunga sintetik materiallarning issiqlikni yaxshi
o‗tkazmasligi, qattiqligining pastligi va vaqt utishi bilan fizik-mexanik
xususiyatlarining uzgarishi mumkinligi kiradi.
Dostları ilə paylaş: