236
- epoksid tarkibini surtirish va xona haroratida 10 daqiqa davomida
quritish;
- po‗lat 40 dan tayyorlangan to‗g‗rilagich bilan tayanch joyida
nominal o‗lchamda teshik ochish;
- uzatmalar qutisini olish va qoplangan tarkib qotguncha ushlab
turish.
Podshipniklarni o‗rindiqlarini temirlash usuli yordamida o‗tkir
qirralar va urilgan joylar bartaraf qilinadi,
benzin bilan yuviladi, so‗n-
dirilgan oxak bilan yoqsizlantiriladi va shundan so‗ng yuqori
konsentratsiyali xlor va sulfat elektrolitlarda temirlanadi. Bunda
vannasiz
yoki
maxalliy
temirlash
usuli
qo‗llaniladi.
Teshik
temirlangandan so‗ng teshikning normal o‗lchamini olish uchun
proshivka bilan mexanik ishlov beriladi.
Uzatmalar qutisi korpusidagi podshipniklarning o‗rindiqlarni
qo‗shimcha detallar o‗rnatish usuli bilan tuzatishda teshik kattaroq
o‗lchamga yo‗nilib, u yerga avvaldan yasalgan qo‗shimcha
detal
(vtulka) presslanadi va u vintlar yoki yelimlar bilan mahkamlab
qo‗yiladi. So‗ngra vtulkaga podshipnik o‗rnatiladigan teshikning
nominal o‗lchami bo‗yicha mexanik ishlov beriladi. O‗q va vallarning
qiyshiq turishi va parallelmasligi ham uzatmalar qutisi korpusiga
qo‗shimcha detal (vtulka) o‗rnatib va maxsus moslamalar qo‗llab,
stanoklarda mexanik ishlov berish orqali bartaraf qilinadi.
Teshiklarga
oxirgi ishlov berish, konduktorlar va yo‗nish mosla-
malarini qo‗llab yo‗nishi yoki uya o‗lchamlari bo‗yicha tayyorlangan
puansson pressi ostida itarishdan iboratdir. Konuslardagi yoriqlar, siniq-
lar, teshiklar sovuq holda elektr yoyli payvandlash vositasida
kuydiruvchi valiklar usuli bilan yoki oldindan isitib, bartaraf qilinadi.
Bloklardagi yoriqlarni payvandlash
uchun metallsiz elektrodlar
bilan sovuq payvandlash yoki oldindan sekin isitib, issiq gaz payvand-
laridan foydalaniladi.
Yuklanmagan joylardagi yoriqlar ham epoksid smola asosida tay-
yorlangan polimer kompozisiyalari bilan yopiladi yoki maxsus yelimlar
qoplanadi.
Quyma sirtlarning g‗adir-budurligi, tirnalgan va tob tashlagan
joylarni silliqlash, frezerlash yoki shaberlash orqali bartaraf qilinadi.
Silliqlashni radial - parmalash yoki yassi silliqlash
dastgohlarida katta
diametrli abraziv tosh g‗ildiraklari orqali amalga oshiriladi. Yoriqlarni
237
shtiftlar, shakldor quymalar, yamoq solish, gaz va elektr payvandlash
usullari bilan ham ta‘mirlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: