245
12.8-rasm. Dastgoh yordamida rezba o‘yish:
1-dastgohning patroni; 2-detal; 3-rezba o„ygich; D
0
-detalning dastlabki
diametri; D
1
-oyilgan rezbaning diametri; D
2
-eritib qoplangan metalning
diametri
Kam shikastlangan rezbalar, metchik (ichki) yoki lerka (tashqi) lar
yordamida qayta ochiladi.
O„rindiqlarni ta‟mirash.
Vallarning yeyilgan
o‗rindiqlarini eritib quyish (flyus
qoplami ostida, tebranma yoyli va
hokazo), galvanik qoplamalar, metallashtirish, changlatib qoplash, elektr
uchqunli va elektromexanik ishlov berish bilan, shuningdek,
polimer
qoplamalari yordamida tiklanadi.
Gaz taqsimlash vallarini ta’mirlash.
Gaz taqsimlash valida
darzlar bo‗lganda kulachokdagi metallning 3mm dan kattaroq bo‗lagi
sinib tushganda mazkur detal ta‘mirlash uchun yaroqsiz deb hisoblanadi.
Jadvalda gaz taqsimlash valida uchraydigan asosiy nuqsonlar va ularni
bartaraf etish usullari keltirilgan.
Gaz taqsimlash valining yeyilgan o‗zak bo‗yinlarini ta‘mirlashda
ularni kichiklashda ta‘mir o‗lchami bo‗yicha jilvirlanadi va ta‘mirlash
o‗lchamiga mos keluvchi vtulka o‗rnatiladi. agar yeyilish miqdori juda
katta bo‗lib, val mustahkamligini
passayishiga olib kelsa, u holda
mazkur val suyuqlantirilib qoplash bilan ta‘mirlanadi. Xromlash yoki
temirlashdan so‗ng nominal yoki kattalashtirilgan o‗lcham bo‗yicha
ishlov beriladi. Xromlash yoki temirlash uncha katta bo‗lmagan
qatlamga kattalashtirish uchun qo‗llaniladi. qalinroq qatlamlar bilan
qoplash karbonat angidrid gazi muhitida
avtomatik ravishda Tebranma
yoy yoki plazmali suyuqlantirib qoplash bilan amalga oshiriladi. Bunday
bo‗yinlari jilvirlashda stanoklaridan foydalaniladi. Agar zarurat bo‗lsa,
jilvirlashni xomaki va yakuniy toza ishlov berish rejimlarida olib
boriladi. Bunday ishlov berish shunday maqsadda bajariladi-ki, xomaki
jilvirlangandan so‗ng bo‗yinlarga termik ishlov beriladi, keyin esa talab
qilingan o‗lchamgacha yakuniy jilvirlanadi.
Yeyilgan kulachoklarini kichiklashgan ta‘mirlash o‗lchamida
jilvirlash bilan faqat bir marta ta‘mirlash,
shunda ham kulachokning
balandligi N joiz chegarada mumkin. Bunda klapanning ko‗tarilishi
balandligi, ochilish va berkilish lahzalari o‗zgarmasligi kerak, chunki
kulachokdan qalinligi V ga teng bo‗lgan qatlam olib tashlanadi. Yangi
kulachokdagi klapanning haqiqiy ko‗tarilish balandligi:
246
N
N-2R
Yeyilgan kulachok profili ta‘mirlangandan so‗ng klapanning
ko‗tarilishi balandligi yangi kulachok bilan ishlaganda qanday bo‗lsa,
bunda ham xuddi shunday qiymatga ega bo‗ladi:
h
1
H
2
-2P
1
h
Kulachok jilvirlash bilan qayta tuzatilgandan so‗ng klapanning
radiusi
ancha kichiklashadi, natijada u uktiroq bo‗lib qoladi, bu esa
klapanning ochiq turish davomiyligi kamroq bo‗lishga olib keladi va gaz
taqsimlash fazasi buziladi.
Ta‘mirlash o‗lchamlari chegarasidan chiqqan kulachoklarni kar-
bonat angidrid gazi muhitida maxsus kopirlash moslamalari bilan
avtomatik ravishda suyuqlantirib qoplash yoki qo‗lda
elektr yoyi
vositasida yoki gaz alangasida payvandlash bilan ta‘mirlash mumkin.
Suyuqlantirib qoplangandan so‗ng valning urishini tekshirib ko‗rish,
zarur bo‗lganda uni to‗g‗rilash lozim. Kulachoklar kopir bo‗yicha
jilvirlash stanoklarida jilvirlanadi.
Tishli g‗ildiraklar o‗rnatiladigan joylardagi yeyilish temirlash yoki
suyuqlantirib qoplash yo‗li bilan ta‘mirlangandan so‗ng, ularga nominal
o‗lcham bo‗yicha ishlov berilishi kerak. Shponka o‗rindig‗ining
yeyilishi kattalashgan o‗lcham bo‗yicha frezalash bilan ta‘mirlanadi.
Valning rezbalari yeyilgan yoki uzilganda ular yo‗niladi va
kichiklashtirilgan o‗lchamda rezba ochiladi yoki yeyilish miqdoridan
kattaroq bo‗lgan o‗lchamda suyuqlantirilib qoplanadi, so‗ngra nominal
o‗lchamda rezba ochiladi. Gaz taqsimlash
valining egilganligi prizma-
larda o‗rta bo‗yin bo‗yicha indikatorlar yordamida aniqlanadi. Agar
markazdan chetga chiqish 0,1 mm dan ortiq bo‗lsa, gaz taqsimlash vali
sovuq holda prizmalarda press ostida to‗g‗rilanadi. Bunda taqsimlash
validagi tishli g‗ildirak o‗rnatiladigan bo‗yining urishi 0,03 mm dan
oshmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: