247
moslab ishlov berish odatda zagatovkani aylantirib amalga oshiriladi,
shuningdek, zagatovkani qo‗zqatmasdan
kesuvchi asbobni aylantirib
ham ishlov bersa bo‗ladi.
Kesib ishlov berishda o‗rnatish bazasi sifatida zagatovkaning
toretslaridan birini va ichki yoki tashqi sirtlarini tanlash mumkin.
Yeyilgan asosiy sirtlarning qalinligini
vibroyoy usuli bilan eritib
qoplash, metallash bilan yoki yeyish yo‗li bilan o‗stirish mumkin.
G‗ildirak gupchagi bolg‗alanuvchan cho‗yandan yoki 40L po‗latdan
tayyorlanadi. g‗ildirak gupchagining asosiy nuqsonlariga podshipniklar
va salniklar o‗tkaziladigan joylarining
darz ketishi va sinishi,
rezbalarning uzlganligi va yeyilganligi kiradi (12.9-rasm).
12.9-rasm. G‘ildirak gupchagining nuqsonlari:
1-darzlar va sinishlar; 2,3-podshipnik; 4-rezbali teshiklarning yeyilishi;
5-salnik turgan teshiklarning yeyilishi.
Podshipniklar o‗tkaziladigan yeyilgan joylarga qoplama qoplashdan
oldin 2 mm gacha chuqurlikda yo‗niladi. Diametri 1,6 mm bo‗lgan Sv-
08 simini elektryoy bilan eritib ikki qatlam qilib yopishtirish quyidagi
rejimda bajariladi: tok kuchi 100 A, kuchlanish 18 V, detalning aylanish
chastotasi 0,8 min-1, eritib yopishtirish qadami 3,3 mm G‗ayl. So‗ngra
nominal o‗lchamga yetgunga qadar yo‗niladi.Yeyilgan
rezbani tiklash
uchun ta‘mirlash o‗lchamli rezba o‗yiladi yoki burama burab o‗rnatilib,
ish chizmasi bo‗yicha rezba o‗yiladi.
248
Silindrlar gilzasi SCh18-36, SCh22-44 markali kulrang cho‗yandan
yoki maxsus cho‗yandan tayyorlanadi. Ba‘zan gizlaning yuqori
qismiga legirlangan cho‗yandan yasalgan quyma o‗rnatiladi.
Silindrlarning
tiklanadigan
gilzalarida
(12.10-rasm)
ichki
sirtlarning, belbog‗lar o‗tqaziladigan tashqi
sirtlarning yeyilganligi,
kavitatsion yemirilishlar kabi nuqsonlar uchraydi. Kavitatsion
yemirilgan silindr gilzalari yaroqsiz hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: