FAN VA TEXNIKAGA OID SISTEMAVIY ATAMALAR Detal – mashinaning yig‗masdan tayyorlangan qismi.
Uzel – tugallangan yig‗ma birligi bo‗lib, umumiy funksional
vazifali detallardan tuziladi.
Umumiy vazifali detallar – hamma mashinalarda qo‗llaniladigan
detallar.
Ishonchlilik – mahsulotning vaqt davomida ishchanlik qobilyatini
saqlab qolish hususiyati.
Yeyilish – detallarning ishqalanish jarayonida asta-sekin o‗lcham-
larini o‗zgarishi.
Korroziya – metallarning sirtqi qatlamlarini zanglash ta‘sirida asta –
sekin yeyilish jarayoni.
Deformatsiya – tashqi yoki ichki kuchlar ta‘sirida qattiq jismni
tashkil etuvchi nuqtalari o‗zaro joylashuvining o‗zgarishi.
Ishqalanish kuchi — bir jismning ikkinchi jism sirtida shu jismlar
orasidagi umumiy chegaraga tangensial yunalgan tashqi kuch ta‘sirida
nisbiy siljiganda vujudga keladigan qarshilik kuchidan iborat.
Moylash — bu moylash materialining ta‘siri bo‗lib, natijada ikki
sirt orasida ishqalanish kuchi va ularning yemirilishi kamayadi.
Elastik – gidrodinamik moylash — bunda ishqalanish xarakteris-
tikasi va ishqalanuvchi sirtlar orasidagi suyuq moylash materiali
pardasining qalinligi jismlar materiallarining elastiklik xususiyatlari va
suyuq moylash materiali xususiyatlari yordamida aniqlanadi
Sirpanib ishqalanish — shunday harakatdagi ishqalanishki, bunda
tegish nuqtasida jismlar tezligi ham kattaligi, ham yo‗nalishi jihatidan
yoki shu ikki ko‗rsatkichdan biri jihatidan farq qiladi
Dumalab ishqalanish — ikkita qattiq jismning harakatdagi
shunday ishqalanish turiki, bunda ularning tegish nuqtalaridagi tezliklari
ham kattaligi, ham yunalishi jihatidan bir xil bo‗ladi
Yeyilish – ishqalanish vaqtida qattiq jism sirtida materialning
yemirilishi va ajralib chiqishi hamda qoldiq deformatsiyaning to‗planish
jarayoni; u jism o‗lchamlari va (yoki) shaklining asta o‗zgara borishi
tarzida namoyon bo‗ladi.