41
yuzaga kelgan mayda nosozliklarni avtomobil xo‗jaligining o‗zida
tuzatish, ya‘ni ularning ishlash imkoniyatini qayta tiklashdir.
-
avtomobillarni to‘liq ta’mirlash
– bu esa avtomobillar yoki
uning biror-bir agregatining ishlash samaradorligi pasayib ketishi yoki
uning asosiy qismi ishdan chiqib, bu qismni almashtirish uchun uni to‗la
qismlarga ajratish zaruriyati tug‗ilgandagi to‗liq ta‘mirdir. Bunda
avtomobillar ta‘mirlash uchun maxsus ta‘mirlash
korxonalarda olib
boriladi.
2.5. Ta’mirlashning iqtisodiy samaradorligi va chet el tajribalari
Avtomobillar va agregatlarning qismlarini saralash jarayonida
ishga yaroqsiz sifatida ajratilganlarining 75%ga yaqinining ishlash
qobiliyatini tiklash mumkin. Shu sababli ishlatilgan qismlarni ta‘mirlash
yo‗li bilan tiklash va ulardan foydalanish bo‗yicha
ishlab chiqarish
jarayonlarini
tashkil
qilish
maqsadga
muvofiqdir.
Tajribalar
ko‗rsatishicha ko‗pgina yaroqsiz deb hisoblangan qismlar o‗zining
massasini faqatgina 1-2% nigina yo‗qotadi va bunda ular o‗zlarining
mustahkamligini saqlab qoladi, ularning ko‗pchilik qismining ishlash
qobiliyatini har xil yo‗llar bilan tiklash mumkin.
Avtomobil qismlarining ishlash qobiliyatini tiklash bir tamondan
moddiy resurslarni tejashga (materiallarni
va ishlab chiqarish
xarajatlarini tejash natijasida) yordam bersa, ikkinchi tarafdan ishlab
chiqarish muddatlarini qisqartirish imkonini beradi. Shu sababli hozirgi
paytda avtomobillarni ta‘mirlash jarayonida ko‗pgina
ishlash qobiliyati
tiklangan qismlar yangilariga qaraganda bir muncha ko‗proq
ishlatilmoqda. Masalan: ishlash qobiliyati tiklangan silindrlar bloki 2,5;
tirsakli vallar 1,9; uzatmalar qutisi karterlari 2,1 marta ko‗proq
foydalanilmoqda. Chunki ishlash qobiliyati tiklangan qismlarga ketgan
materiallar sarfi 15-20 barobarga kam bo‗lishi bilan birga ularning
tannarxi yangi qismlar tannarxining 75%dan oshmaydi.
Hozirgi paytda chet el mamlakatlarida ham qismlarning ishlash
qobiliyatini tiklash texnologiyalarini joriy qilishga katta e‘tibor
berilmoqda.
Yuqori rivojlangan AQSH, Angliya, Yaponiya va
Germaniya mamlakatlarida qismlarning ishlash qobiliyatini tiklash,
avtomobillarni ishlab chiqaruvchi zavodlarning o‗zida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari AQShda 800 ga yaqin firma va kompaniyalar
42
qismlarning ishlash qobiliyatini tiklash bilan band bo‗lib, ular
tiklayotgan qismlar avtotransport vositalarida
foydalanilayotgan ehtiyot
qismlarning 25% ni tashkil qiladi.
Qayta ta‘mirlanayotgan avtomobillar va ularning agregatlari
sifatiga bo‗lgan zamonaviy talablar, ishlash qobiliyati tiklanayotgan
qismlarning sifatiga ham yuqori talablarni qo‗yadi, bu esa o‗z navbatida
tayyorlanayotgan mutaxassislar bu borada
mustahkam bilimlarga ega
bo‗lishni taqozo qiladi.
Bizning respublikamizda ham o‗nlab zavodlar avtomobillarni
qayta ta‘mirlash (to‗liq ta‘mir) va ularning ishdan chiqqan qismlarining
ishlash qobiliyatini tiklash bilan shug‗ullanadi. Bu borada Toshkent,
Jizzax, Samarqand, Do‗stlik, Namangan
va boshqa shaharlarning
ta‘mirlash
zavodlari
yangi
texnika
va
texnologiyalar
bilan
jihozlanmoqda.
Dostları ilə paylaş: