48
cho‗kindilar tarkibiga kiruvchi qattiq zarrachalardan iborat bo‗lib,
detallarga abraziv ta‘sir etadi va ularni tez yeyilishga olib keladi.
Quyqa dvigatellarning sovitish sistemasidagi suv sirkulyatsiya-
lanadigan sirtlarga o‗tiradi. U suvni 70-80
0
C temperaturagacha isitganda
kaltsiy va magniy tuzlari ajralib chiqishi natijasida paydo bo‗ladi,
quyqaning issiqlik o‗tkazuvchanligi metallning issiqlik o‗tkazuvchan-
ligidan 60-100 marta kam. Shuning
uchun quyqaning juda yupqa
qatlami ham issiqlik almashinuvchanlik sharoitini yomonlashtiradi va
dvigatel detallarini o‗ta qizdiradi.
3.2. Detallardagi ifloslik turlari va tozalash usullari
Ta‘mirga qabul qilingan avtomobil kuzovlari
va yurish qismining
detallarida yo‗lda sachragan iflosliklar hisobiga, hosil bo‗lishi va fizik
tavsifiga qarab har xil moyli balchiq, chirk, quyqa va korroziya, bo‗laklarga
ajratilgan, agregatlar detallari ustida esa moy pardasi mavjud bo‗ladi.
Detalning yuzasidagi bu iflosliklar yuvish-tozalash jarayonida ketkaziladi.
Ta‘mirlashga qabul qilish mashinalar (agregatlar) ni ta‘mirlash
texnologik jarayonining birinchi operatsiyasi hisoblanadi.
Mashina va
agregatlarni ta‘mirlashga qabul qilish texnik shartlar (TSh) ga yoki ularni
ta‘mirlashga topshirish-qabul qilishning vedomost ko‗rsatmalariga muvofiq
amalga oshiriladi. TSh va ko‗rsatmalarga bir xil talab qo‗yiladi.
Mashinalarni ta‘mirlashga topshirish va uni qabul qilib olish tartibi barcha
tashkilot va ta‘miriash korxonalari uchun majburiydir. Ta‘mirlashga
topshiriladigan mashinalar (agregatlar) ishlab chiqaruvchi korxonalar
tomonidan nazarda tutilgan konstruktorlik hujjatlari talabiga to‗liq
javob
berishi kerak.
Ta‘mirlashga topshirilayotgan mashinalar uzellarning texnik holati
bo‗yicha kapital ta‘mirlashni talab qilishi va ular ta‘mir siklini o‗tagan
bo‗lishi kerak. Agar ta‘mirlash imkoniyati bo‗lsa, avariya holatidagi
mashinalami ham kapital ta‘mirlashga jo‗natish mumkin.
Ta‘mirlashga jo‗natishdan oldin mashinadagi uzel va detallarni
yaraqsiziga almashtirib qo‗yish man qilinadi.
Agar agregat, uzel va
detallarning almashtirilganligi hamda qaytadan foydalanish yoki
ta‘mirlash imkoniyati yo‗qoladigan usullarda (birikkan
detallarning
konstruksiyasida ko‗zda tutilgan qotirish joylarini payvandlab qo‗yish)
qotirilgan uzel va detallar borligi ma‘lum bo‗lib qolsa, ta‘mirlash
49
korxonasi mashinani ta‘mirlashga qabul qilishni rad etishi mumkin.
Ta‘mirlashga qabul qilingan mashina uchun 2 nusxada qabul qilish-
topshirish dalolatnomasi tuziladi, ulaming biri ta‘mirlash
korxonasida
qoldiriladi, ikkinchisi esa buyurtmachiga beriladi (3.1-jadval).
3.1-jadval
Dostları ilə paylaş: