85
5.1-rasm
.
Detallarning ishlash imkoniyatini mexanik ishlov berish
yo‘li bilan tiklash tasnifi.
Avtomobil detallarini 70% yaqini qayta ishlatishga yaroqli bo‗ladi.
qayta tiklab bo‗lmaydigan (ishga yaroqsiz) detallar metallomga topshi-
rilib, ular o‗rniga ehtiyot qismlar fondidan yangisi qo‗yiladi.
Avtomobil ta‘mirlaydigan zavodlarda ishlash imkoniyati tiklana-
digan detallarning soni, avtomobillar rusumiga qarab, 200-300ga yetadi.
Detallarni yeyilishga qarab ularni ishlash imkoniyatini tiklash uchun ke-
tadigan xarajatlar yangi detalning narxini 3-30% tashkil qiladi. Ta‘mir-
lanadigan detal qancha murakkab va qimmat bo‗lsa, uning ta‘mirlash
uchun sarflangan mablaq ulushi shuncha kam bo‗ladi. Bunday detallarni
ishlash imkoniyatini tiklash uchun ketadigan xarajatning past bo‗lishi
sababi, yangi detalni tayyorlash
uchun ishlatiladigan, detalning asosiy
narxini belgilaydigan, ashyo(zagatovka) bo‗lmaydi. Masalan, yangi
detalni tayyorlash uchun oldin ruda tashib keltiriladi, qo‗ylish sexlarida
eritilib so‗ngra qoliblarga qo‗yliladi va so‗ngra mexanik ishlov beriladi
va h.k. Detallarni qayta tiklashda bunday
operatsiyalarga mablaq
sarflanmaydi, mablaq esa asosan bor detalni tiklashga sarflanadi.
Avtomobillarni ta‘mirlash ishlarini olib boradigan zavodlarda
shunday imkoniyatlar borki, bunda detalning ishlash imkoniyati
tiklanadi yoki yaxshilanadi. Bu o‗z navbatida zavodlarini asbob-
uskunalar bilan jixozlanishiga katta bog‗liqdir.
Detallarni ishlash imkoniyatini tiklashga
sarflanadigan mehnat
ham avtomobillarni ta‘mirlaydigan zavodning quvvatiga bog‗liq bo‗ladi.
Avtomobillarni ta‘mirlaydigan zavodning quvvati qancha katta bo‗lsa
detallarning ishlash imkoniyatini tiklash uchun shuncha kam xarajat
ketadi. Chunki zavod quvvati uning mexanizatsiyalanganligi darajasini
aniqlaydi. Detallarning ishlash imkoniyatini patok liniyalarda tiklash,
ya‘ni bu ishlarni ixtisoslashgan korxonalarda bajarish samaradorlidir.
Avtomobil detallarida uchraydigan nuqsonlar asosan uch guruhga
bo‗linadi:
- tabiiy yeyilish natijasida paydo bo‗lgan nuqsonlar;
- mexanik shikastlanish oqibatida paydo bo‗lgan nuqsonlar;
- detal sirtidagi antikorrozion qoplamning
shikastlanishi oqibatida
paydo bo‗lgan nuqsonlar.
Avtomobil ta‘mirlash zavodlaridagi detallarning ko‗pchiligida
tabiiy yeyilish natijasida paydo bo‗lgan nuqsonli detallarga kiradi.
86
Tabiiy yeyilish natijasida detallarni ish yuzalarini o‗lchamlari hamda
tutash yuzalarni diametrik o‗lchamlari o‗zgargan bo‗ladi.
Detallardagi mexanik shikastlanishlar jumlasiga holdik deformat-
siyalar, yoriqlar, siniqlar, uvalanishlar, yulinishlar va o‗yiqlar kirada.
Antikorrozion qoplamalar detal sirtiga, odatda, galvanik yoki
kimyoviy usul bilan surtilgan moy va bo‗yoqlardan iborat.
Antikorrozion qoplamasi shikastlangan
detallar jami shikastlangan
detallarning kamroq qismiini tashkil qiladi.
Detallarning ishlash imkoniyatini tiklash texnologiyasining asosiy
vazifasi
tutashgan
detallarning
ishlatish
davrida
buzilgan
bog‗lanishlarini
tiklash,
ularning
mustahkamligini,
yeyilishga
chidamliligini va korroziyaga bardoshligini, bu bilan detal va
agregatlarni ta‘mirlararo vaqtdagi xizmat muddatini oshirishdir.
Tutashma detallarni ishlash qobiliyatini ikki xil yo‗l bilan tiklash
mumkin:
1. Detallarni yeyilish natijasidagi o‗lchamlarini
oldindan belgilab
qo‗yilgan navbatdagi ta‘mir o‗lchamlariga moslab o‗zgartirish.
2. Detallarni o‗lchamlarini dastlabki holatga to‗la keltirish.
Tutashma detallarning ish qobiliyatini birinchi yo‗l bilan tiklashda
tutashuvchi yuzalarni har birini mexanik ishlov berish yo‗li bilan
topshiriqda ko‗rsatilgan ta‘mir o‗lchamlarini hosil qilishga imkon
beradigan usullardan foydalaniladi. Bunda tutashmani eng qimmat va
murakkab detalining yuzasi ishlov berilib,
uning geometrik shakli
tiklanadi va me‘yordagi ta‘mir o‗lchamlari hosil qilinadi. Tutashmaning
boshqa detali o‗rniga yangisi qo‗yiladi, yoki eskisining o‗lchamlari
yangi ta‘mir o‗lchamiga moslanadi.
Tutashma detallarning ish qobiliyatini ikkinchi yo‗l bilan tiklashda,
yeyilgan yuzalariga ilgarigi geometrik o‗lchamlarini metall yoki
plastmassa qoplash bilan tiklashga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: