11
bog‗liqdir, detalni yuqori aniqligi uning g‗adir-budirligi va chiziqligiga
ahamiyati yo‗q.
Detal sirtining sifati bu ikki faktor bilan baholanadi. Detal sirtining
g‗adir-budirligi uning kuchlanishini oshishiga olib keladi. G‗adir-
budirliklar bo‗lgan detal sirtida, katta zanglashlar sodir bo‗ladi,
bu esa
detalni yemirilishiga olib keladi, bunda detalni chidamliligi kamayib
ketadi. Taxminan qo‗pol tozalangan yuzaga nisbatan, sayqallangan detal
sirtini chidamliligi 40% dan ziyodroqqa kamayadi. Bunday yuzada
detalni charchashi uni yemirilishiga olib keladi,
shuning uchun detal
sirtini charchashi uni tashqi detal sirtida siquvchi qoldiq kuchlanish
paydo bo‗ladi. Bu kuchlanish har xil ko‗rinishda paydo bo‗lishi
mumkin, masalan charchashi natijasida detal sirtini channashi, yorilishi,
parchalanishi va hokazo. Detal sirtini aniq o‗lchamiga qarab,
uning
g‗adir-budirliklarini belgilash mumkin,
shuningdek, talab qilingan
sharoitga qarab, g‗adir – budirliklarning ruxsat etilgan balandligini
aniqlash mumkin.
Uning aniq ishlatishiga nisbatan quyidagi formula bilan aniqlanadi.
K
R
a
bu yerda
– detalni tayyorlashda ruxsat etilgan o‗lcham,
mm.
K
– detalni diametriga qarab proportsionallik koeffitsiyenti.
Demak,
D
– 18-50
mm
bo‗lganda
20
,
0
15
,
0
K
.
Detallarning ishlash qobiliyati, detal materialining fizik-mexanik
xususiyatlari (1-Ilova) va detal konstruksiyasining
bikrligi bevosita
bog‗liqdir.
Detal yuza qatlamining fizik-mexanik xususiyati metalning asosiy
qismidan farq qiladi, u odatda kuchli defformatsiyalangan va zichlangan
holda bo‗ladi. Detalning sirtqi qatlamida tashqi muhit va haroratning
ta‘siri ostida har xil kimyoviy birlashishlar, xususan, zanglash yuz
beradi. Detalning deformatsiyalanishi bo‗yicha zichlanishi, uning
chuqurligi va darajasi bilan baholanadi. Zichlanish darajasi yuza
mustahkamligining birlamchi material mustahkamligiga nisbati bilan
belgilanadi. Detalni charchashga qarshi chidamliligi uning zichlanish
darajasi o‗sishi bilan oshib boradi. Zichlanish detalni siklik mustah-
kamligini 25-35% ga oshiradi.
Metalni zichlanishi uning zanglashga chidamliligini oshiradi.
Chunki zichlanish (rolikli
zichlanish, sochma bilan ishlov berish),
12
detallar yuzasini zichlash hisobiga, faol moddalarni metal ichiga kiri-
shiga yo‗l qo‗ymaydi va bu bilan detal yuzasini zanglashga qarshiligini
kamaymasligini ta‘minlaydi. Zichlanish detallar 700...8000
0
C haroratda
ishlaydigan detallarning ko‗p hollarda mustahkamligini kamaytiradi.
Detallarni yuzalariga kesish bilan ishlov berishda, detal yuzalarida
kesish kuchi ta‘sirida yuz beradigan plastik
deformatsiya zichlanishga
olib keladi. Zichlanish darajasi va chuqurligi mexanik ishlov berish
rejimiga va kesuvchi asbobning geometriyasiga bog‗liq bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: