112
detal manbaining manfiy qutibiga elektrod esa musbat qutibiga ulangan
bo‗lsa, teskari qutblilik deb ataladi. Detalni o‗zgarmas
tok bilan
payvandlashda qutblilik tanlash uchun elektr yoyi hosil bo‗lishi bilan
issiqlikni taxminan taqsimlanishi qo‗yidagicha ekanligini hisobga olish
kerak, (foiz hisobida):
Musbat qutub-anod (Q)
Manfiy qutub-katod (-)
Elektr yoyi
O‗zgaruvchan tok bilan payvandlashda tokning qutubliligi davriy
ravishda o‗zgarib turadi. Payvandchi elektrodni
detalga tegizishi bilan
elektr yoyi yonganda elektrod uchi bilan detal yuzasi orasida nozik
kontakt hosil bo‗ladi, bunda elektrod uchining detal yuzasiga tegib
turgan nuqtasi yuqori haroratgacha qizib ketadi. Payvandchi elektrodni
detaldan ajratgan paytda detal
bilan elektrod orasidagi havoi,
o‗tkazuvchi bo‗lib qoladi, bunda bu oraliq metall bug‗i va gazlarning
ionlangan zarrachalari bilan to‗lgan bo‗ladi. Shu sababli elektrod bilan
detal orasida elektr toki uzluksiz o‗taveradi va elektr yoyining yonishi
davom etadi.
Yoy 2-4 mm uzunlikda yonishni ta‘minlash
uchun elektrod bilan
ishlash imkoniyati tiklanayotgan detal orasidagi kuchlanish 18-22 v bo‗lishi
kerak. Yoyni yonish paytidagi kuchlanishi tok manbaining salt yurish
kuchlanishi, ya‘ni tok o‗zgarmas bo‗lganda payvandlash generetorining,
yoki tok o‗zgaruvchan bo‗lganda transformatorning kuchlanishi yuqori
bo‗lishi kerak. Tajriba shuni ko‗rsatadiki yoy
hosil qilish uchun zarur
kuchlanish, ya‘ni o‗zgarmas tok generatorining kuchlanishi 25-40 v va
o‗zgaruvchan tok transformatorining kuchlanishi 55-65 v bo‗lishi kerak.
Dastaki usulida elektir yoyi vositasi bilan payvandlashda,
payvandlash yoyi uzunligi, demak, tok qiymati hami vaqti-vaqti bilan
o‗zgarib turadi. Elektrod metalli bilan detall metalli
bir tekis suyuqlanishi
uchun payvandlash toki qiymatining o‗zgarishi uncha katta bo‗lmasligi
kerak.
Bundan tashqari payvandlash paytida qisqa tutashuv sodir bo‗lishi
mumkin. Bunday paytlarda kuchlanish deyarli nolga tushib ketadi.
Shuning uchun payvandlash tokining manbai payvandlash zanjirida ruy
bergan qisqa tutashuvga bardosh berolishi, ya‘ni payvandlash toki
oshganda yoyning kuchlanishi keskin ravishda pasayishi kerak.
113
Payvandlash generatori va transformatorda pasayuvchi tashqi tasnifi
bo‗lganligidan ular bu talabga to‗la javob beradi.
Dostları ilə paylaş: