114
Payvandlanadigan metallning
qalinligi, mm
Elektrodning
diametri, mm
Payvandlash toki. a.
2-3
4-6
7-10
11-15
2
2-3
3-4
4-5
100
100-150
150-200
200-250
Elektrodni va elektrod qoplamini tanlash.
Metallni elektr yoyi
bilan suyuqlantirish jarayonida quyidagi metallurgiyaviy jarayonlar:
chok metalining oksidlanishi, chok metalining azotga va vodorodga
to‗yinishi hamda legirlovchi komponentlarni ko‗payib
ketishi va suyuq
metallning atrofga sachrashi kuzatiladi.
Kislorod metallda yaxshi erib temir bilan reaksiyaga kirishishida
oksidlar hosil qiladi. Bu oksidlar qattiq yoki gassimon holatda bo‗lishi
mumkin. Metallda erimaydigan suyuq oksidlar shlakka o‗tadi yoki
qisman metallning donalari orasida shlakk qo‗shilmalar orasida qotib
ketadi. Hosil bo‗lgan oksidlarni qaytarish va metallni sachrashini
kamaytirish uchun elektrod qoplami tarkibiga qaytaruvchi moddalar
(ferromarganez, ferrosilitsiya va boshqalar)ni kiritish tavsiya etiladi.
Metallning choki havo kislorodidan himoyalanganda metalldagi legir-
lovchi komponentlarning kuyishi kamayadi.
Kuyib ketgan komponentlarning o‗rnini to‗ldirish
maqsadida
payvandlash uchun legirlovchi elektrodlar ishlatiladi va elektrod
qoplami tarkibi legirlovchi moddalar kiritiladi.
Payvandlashni dastaki usulida elektr yoyi vositasi
bilan
bajarilganda kam uglerodli simdan yasalgan elektrodlar ishlatiladi, shu
yo‗l bilan metallni sachrashini kamaytirish mumkin. Po‗latni
payvandlashda ishlatiladigan metall elektrodlar ikki guruhga:
1.Payvandlash elektrodlari.
2.Ishlash imkoniyatini qayta tiklanayotgan detallarga suyuqlantirib
qoplash elektrodlarga bolinadi.
Payvand birikmaning, yoki suyuqlantirib qoplash yo‗li bilan
tiklangan detallning, qoplangan qatlamini mexanikaviy puxtaligini oshi-
rish uchun, elektrodlar yasaladigan pulat sim birmuncha talablarni
qondirishi kerak. Jumladan, elektrodning suyuqlanganidan keyin
sachramasligi. Elektrod osoyishta suyuqlanishi uchun elektrod sim
tozza, zangsiz va kuyindisiz (aks holda payvandlanadigan joydan juda ko‗p
gaz paydo bo‗ladi), uglerodi kam, tarkibida marganets bo‗lishi shart.
115
Metallni tarkibidagi marganets metallning osoyishta suyuqlanishiga
imkon
yaratadi.
Marganets temir oksidlarini qaytaradi va shuning uchun oksidlar-
ning o‗glerod vositasida qaytarilish imkoniyati kamayib, kamroq gaz
hosil bo‗ladi. Talab etilgan kimyoviy tarkibli va mexanikaviy xossali
chok metallni hosil qilish uchun, elektrod
simi tarkibida payvandlash
jarayonida kuyib ketadigan komponentlardan (xrom va b.q.) yetarli
miqdorda bo‗lishi lozim.
Elektrod simining suyuqlanish harorati, asosiy metallni suyuqlanish
haroratiga yaqin bo‗lishi kerak. Fizika kimyoviy xossalar yuqori bo‗lgan
chok hosil qilish uchun, chok metallini (suyuqlangan vannani) havo ta‘siri-
dan saqlashimiz uni marganets, kremniy va boshqa elementlar bilan
legirlash kerak. Legirlash
uchun elektr yoyi vositasida, dastaki payvand-
lashda metall elektrodlar sirtida qalin sifatli qoplam hosil qilinadi. Bu
talablarni qondirish uchun elektrodlarning sifatli qoplamlari tarkibiga
barqarorlovchi (stabillovchi), himoyalovchi va legirlovchi komponentlar
kiritiladi.
Bu komponentlarni biz ayrim-ayrim ko‗rib chiqamiz: barqaror-
lovchi komponentlar payvandlash joyini yuqori darajada turg‗un qiladi.
Yoyning barqarorligi elektrodlar oralig‗ining ionlanish darajasiga
bog‗liq bo‗ladi. Havodagi malekulalarni ionlarga
ajralishi juda yuqori
haroratda sodir bo‗ladi. Shu sababga ko‗ra yoyni turg‗unlash uchun
uning yonish oralig‗ida oson ionlanadigan komponentlardan, bo‗r
(SaSo
3
), potash (K
2
SO
3
) va titanli konsentrat (asosi TiO
2
bo‗lgan)
kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: