Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


Detallarni ishlashida sodir bo‘layotgan jarayonlar, ishqalanish



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 
1.3. Detallarni ishlashida sodir bo‘layotgan jarayonlar, ishqalanish 
va moylash turlari 
O‗zaro tutashuvda bo‗lgan jismlarning bir-biriga nisbatan harakat-
lanishi natijasida sodir bo‗ladigan tangensial qarshilik 
ishqalanish 
(ishqalanish kuchi) 
deb ataladi. Ishqalanish ichki va tashqi turlarga 
bo‗linadi. O‗zaro tutashgan ikki jismning nisbiy harakatiga qarshilik 
tashqi ishqalanish deyiladi. Tashqi ishqalanish jismlarning tashqi tuta-
shish yuzasidagi o‗zaro ta‘siriga bog‗liq bo‗lib, mazkur jismlarning 
ichki holatiga bog‗liq emas. 
Ishqalanish hodisasini tahlil qilishga urinish dastlab Aristotel 
tomonidan boshlangan. U o‗tkazgan tajribalariga tayangan holda 
ko‗rsatib o‗tadiki, har qanday, shu jumladan, real jismlarning gorizontal 
tekislikdagi tekis harakati doimo tashqi qarshilikka uchraydi, shu bilan 
birga u jismning og‗irligiga bog‗liq degan xulosaga keladi. 
Ishqalanish hodisasini o‗rganishga Leonardo da Vinchi katta hissa 
qo‗shdi. U abadiy motorni yaratish mumkin emasligining sabablaridan 
biri ishqalanishning mavjudligi, deb talqin qiladi. Birinchi bo‗lib 
Leonardo da Vinchi ishqalanish koeffitsiyenti degan tushunchani kiritdi, 
ishqalanish kuchining ishqalanuvchi yuzalarning materialiga, ularga 
ishlov berish turiga, yuklanishga bog‗liqligini, shuningdek, uni 
ishqalanuvchi yuzalar orasiga roliklar o‗rnatish yoki moy kiritish yo‗li 
bilan kamaytirish mumkinligini ko‗rsatdi. 
Tashqi ishqalanish deb sirtlarning bir-biriga urinib tegish 
zonalaridagi ikkita jism orasida sodir bo‗ladigan nisbiy siljishga nisbatan 
vujudga keladigan qarshilikka aytiladi. 
Ishqalanish kuchi bir jismning ikkinchi jism sirtida shu jismlar 
orasidagi umumiy chegaraga tangensial yo‗nalgan tashqi kuch ta‘sirida 


13 
nisbiy siljiganda vujudga keladigan qarshilik kuchidan iborat. 
Ishqalanish kuchini kamaytirish uchun ishqalanish sirti moylash 
materiali bilan moylanadi. 
Avtomobil ishlashi natijasida uning yuqoridagi ko‗rib o‗tilgan 
parametrlari o‗zgarib boradi. Uning agregatlarining holati o‗zgaradi yoki 
avtomobilni agregat va qismlarini ta‘mirlash lozim bo‗lib qoladi. 
Bir jism tarkibidagi qismlarda sodir bo‗ladigan va ularning nisbiy 
harakatiga qarshilik qiluvchi ishqalanish ichki ishqalanish deb ataladi. 
Bunday ishqalanish, asosan, suyuqlik va gazlarda namoyon bo‗ladi. 
Ichki ishqalanishga misol tariqasida 
V-
tezlik bilan tekis harakat qiluvchi 
qo‗zg‗almas plastinka 

ga nisbatan parallel va plastinka B ta‘sirida 
harakat qiluvchi suyuqlikni ko‗rsatishimiz mumkin (1.4- rasm). Ichki 
ishqalanish ta‘sirida 
A
va B
plastinkalar yaqinidagi suyuqlik 
zarrachalarining tezligi tegishli plastinkaning tezligiga mos kelishi 
kuzatiladi, ya‘ni harakatlanuvchi plastinka 
B
yaqinida suyuqlik 
zarrachalarining tezligi eng katta, qo‗zgalmas plastinka 

yaqinida esa 
eng kichik bo‗ladi. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin