132
1-detal; 2-gazmetall oqim; 3-tok kondensatori; 4-induktor; 5-havo
kanali; 6-sim; 7-suruvchi roliklar; 8-yo„naltiruvchi vtulka.
Yuqori chastotali purkash suyuqlantiriladigan ashyo (sim) ni
induksion qizdirib suyuqlantirishga asoslangan.
Suyuqlantirilgan metall
detal sirtiga siqilgan havo oqimi bilan purkaladi. Bu uskunada metall
sim 6 atsetilen-kislorod alangasi 2 yordamida suyuqlantiriladi va
siqilgan havo oqimida detal sirti 1 ga purkaladi. Suyuqlantirib
purkaladigan sim 6, roliklar 7 yordamida yondirgichdagi yo‗naltiruvchi
vtulka 8 ning markaziy teshigi orqali alanga joyiga uzatiladi va bu joyda
sim yuqori harorat ta‘sirida suyuqlanadi.
Uskunani sovutish maqsadida
uning ichidagi suv yo‗liga suv beriladi
Yuqori chastotali purkashning afzalligi shundaki, bunda metallning
qizish haroratini rostlash mumkin bo‗lganidan u oz miqdorda
oksidlanadi va qoplamaning mexanik mustahkamligi
yetarli darajada
yuqori bo‗ladi. Ish unumining nisbatan pastligi, ishlatiladigan
uskunaning murakkabligi va qimmatligi bu uskunaning kamchiligidir.
Plazmali purkash
.
Metall qoplama
hosil qilishning bu usulida
metallni detalning sirtiga purkash va yopishtirish uchun plazmali
oqimning issiqlik va dinamik xossalaridan foydalaniladi.
Purkaladigan ashyo sifatida metall kukuni ishlatiladi. Kukun
me‘yorlagichdan plazmotronning soplosiga vaqt birligida aniq miqdorda
berib turiladi. Metall
kukuni plazma oqimiga tushib, suyuqlashadi va
oqimga qo‗shilib, detal sirtiga yopishadi.
Purkash quyidagi tartibda bajariladi: tok kuchi 350...400 A., kuch-
lanish 60...70 V, plazma hosil qiluvchi gaz sarfi 30...35 1/min, kukun
sarfi 5...8 kg/soat, detal sir- tigacha bo‗lgan oraliq 125...150 mm.
Purkashning bu usuli eng istiqbolli hisoblanadi. Uning afzalliklari:
jarayon yuqori unumli bo‗ladi (purkaladigan metall sarfi 12 kg/soat
gacha boradi), qoplama detallning sirtiga
juda mustahkam yopishadi
(50MPa gacha boradi), jarayonni boshqarish to‗liq avtomatlashtirilgan,
har qanday metall va qotishmalarni purkab qoplama hosil qilish
mumkin.
Detallarni metall purkab tiklash texnologik
jarayoni uchta asosiy
ishdan: detal sirtini metall purkab qoplashga tayyorlash; purkash,
purkalgandan keyin detallarga ishlov berishdan iborat. Metall purkash
133
oldidan detal
sirtiga purkab ishlov beriladi, shunda detal sirti g‗adir-
budur bo‗lib, qoplamaning detalga mustahkam yopishishi ta‘minlanadi.
Detallar sirtiga qoplama yotqizish qayta jihozlangan tokarlik dast-
gohlarida yoki maxsus kameralarida bajariladi. Detallar stanok
patroniga, metall purkash apparati esa uning supportiga o‗rnatiladi.
Qoplama yotqizilgandan keyin detal atrof muhit haroratigacha sekin
sovitiladi, so‗ng talab etilgan o‗lchamga etkazib ishlov beriladi.
Dostları ilə paylaş: